Предыдущая публикация
Uni azob yozgan uni dard yozgan.
Sevib, Sevaman deb kerilib yurgan.
Ko'zinga tik qarolmagan bitta mard yozgan.
So'rama bu she'rning muallifini.
Yomg'irday ivigan bulutday to'zgan.
Nega unutmadim nega unutolmadim.
Uni afsus yozgan pushaymon yozgan.
So'rama bu she'rning muallifini.
Gapingni aytaman o'zini ko'rsam.
Bechora siqilib yuribdi o'zi.
Senga yoqqanida bo'lardi xursand.
So'rama bu she'rning muallifini.
Bechora shoirda nima o'ching bor.
She'r o'qi kulsang kul yig'lasang yig'la.
Muallifi bilan nima ishing bor.
So 'rama bu she'rning muallifini.
Uni sog'inch yozgan uni vaqt yozgan.
Seni Sevganidan baxtiyor bo'lgan.
Ishqingda telbayu bir gado yozgan...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 165
Dilga umidlar solib keting!
Menga
shartmas tillo zaringiz.
Sabringizni qoldirib keting!
Xaddan oshib ketmasin sog'inch.
Xayollarim to'zg'atib keting!
Meni
qiynab, ado qilmasin.
Xijronlarni
irg'itib keting!
Alvidolar demang!
Yo'q. Zinxor.
Xatto baxtlar tilamay
keting!
Nigoxlarim topmasin
ozor.
Ortingizga qaramay keting!
Ketmoqdasiz... Mayli-yu, ammo.
Yuragimga bir so'z deb keting!
Izingizdan yig'lashlarim bor.
Kulib-kulib, kuldirib keting!!!