Предыдущая публикация
Tugamaydi bu dunyo g'am- tashvishlari,
Oilami, sog'likmi, uy yumushlari.
Alloh tomon bo'lgan haq jannat sari,
Yur birodar, kettik jumaga!
Qara, qancha kunimiz o'tdi benamoz,
Bu ahvol kelmaydi musulmonga mos.
Savol javob kuniga ham qolganida oz,
Yur birodar, kettik jumaga!
Gunohlar ham yig'ildi, yuk og'ir bo'ldi,
Oxiratni eslasa ko'zga yosh to'ldi.
Qo'y barcha ishingni, nima bo'lsa bo'ldi,
Yur birodar, kettik jumaga!
Shoshil endi ey do'stim, savob ko'p bo'lsin,
Dunyo haqida o'ylama, ko'ngil to'q bo'lsin.
Kerak bo'lsa butun dunyo bizni kutib tursin!
Yur birodar, kettik jumaga!
✏️Ikriyma Qodiriy
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев