Икки талончи Тошкентдаги «Қўйлиқ» буюм бозорида чинозликнинг Samsung телефонини олиб қочди Тошкент вилоятининг Чиноз шаҳридан бўлган киши пойтахтдаги «Қўйлиқ» буюм бозори ҳудудида кетаётганида унинг йўлини икки номаълум шахс тўсди. Бу ҳақда, Ички ишлар вазирлигининг «Постда» газетасига асосланиб, Daryo хабар бермоқда. Номаълум шахслар чинозликни қўрқитиб, 295 минг сўм пули ҳамда Samsung уяли телефонини тортиб олди ва воқеа жойидан яширинди. Воқеадан хабар топган ички ишлар идоралари ходимларининг зудлик билан амалга оширган тегишли чора-тадбирлари натижасида талончиликни содир этганлар қўлга олинди. Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Toshkentdagi dorilar omborida yong‘in chiqqani xabar qilindi Facebook’dagi Potrebitel guruhida 20-oktabr kuni kechki payt Toshkentning Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in aks etgan suratlar paydo bo‘ldi. Muallifning yozishicha, hodisa tumandagi 7-shahar kasalxonasi yaqinida sodir bo‘lgan. "Biladiganlar bo‘lsa, batafsil ma’lumot beringlar”, — deb yuzlandi u guruh a’zolariga. Davomini o'qish uchun bu yerga bosing> http://zamonaviy.com/news/2014-10-21-1243
Toshkent viloyati Soyliq qishlog‘ida uch egizak dunyoga keldi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Soyliq qishlog‘ida uch egizak tug‘ilishi holati so‘nggi yillarda kuzatilmagan edi. Lola va Abdunabi Normatovlar oilasida shunday uch egizak dunyoga keldi, deb xabar bermoqda Podrobno. Ma’lum qilinishicha, uch egizaklardan biri o‘g‘il bo‘lib, unga Hasan, qolgan ikkisiga esa Zuhra va Zahro deya ism berilgan. Baxtli onaning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom va shirin chaqaloqlar o‘z vaqtida tug‘ilgan. Normatovlar oilasida mazkur uch egizakdan tashqari besh yoshli Abdulloh va 2,5 yashar Rayhona ham ulg‘aymoqda. Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
  • Класс
Показать ещё