​Odamlar kitobga o'xshaydi: harflar bir xil, ammo mazmuni boshqacha.
Uch yoshli bolaning telefon yoki planshet o'ynay olishi uning aqlli ekanini bildirmaydi. Uning qarovsiz qoldirilganini anglatadi.
- Umid bormi? - Duo bor!
Ustoz o'z o'quvchisini kamondan o'q uzishga o'rgatayotgan edi. O'quvchi kamonni va ikkita o'qni olib, mashq bajarishga shaylandi. Biroq Ustoz uning oldiga borib undan o'qning birini olib qo'ydi. — Nima uchun ikkinchi o'qimni olib qo'ydingiz? — so'radi o'quvchi. — Men sendan ikkinchi o'qingni emas, birinchi o'qingni olib qo'ydim, chunki birinchi o'qing baribir nishonga tegmas edi. — Ammo nima uchun? — hayrat bilan so'radi o'quvchi. — Chunki o'q uzayotib, sen zaxirada yana bitta urinish borligini anglab turgan bo'lar eding, mana shu xotirjamlik, insonning eng katta dushmanidir, — dedi Ustoz. "Hali vaqt bor" yoki "keyinroq imkon bo'ladi" deb umringizni behuda o'tkazib yubormang! Har bir imkond
ROBBIM  BILAN  SAVDO Asma'iy anor solingan idishni boshida ko'tarib ketayotgan joriyani ko'rib qoldilar. Uning ortidan bir kishi ergashib bir dona anor oldi. Joriya buni sezmadi. Asma'iy uning ortidan kuzatib bordilar. U anorni bir miskinga berdi. - “Ajabo, anorni o'g'irlaganingizda men ochsiz” -  deb o'yladim. Lekin, siz uni o'marib sadaqa qilyapsiz?” -  dedilar. Kishi dedi: - “Yo'g'-e, nimalar deyapsiz, siz? Men Robbim bilan savdo qilyapman”. Asma'iy, hayron bo'lib: - “Qanday qilib siz Robbingiz bilan savdo qilyapsiz?” -  dedilar. Kishi: - “Men uni o'g'irlaganimda menga bittagina gunoh yozildi. Endi men uni sadaqa qilib yubordim. Robbim menga o'nta savob yozdi. Bittasi gunohimga ketdi. To
Mumkin bo'lganlarni kechiring, qolganlarni esa unutib yuboring. Unutish - eng zo'r jazo va eng yaxshi doridir.
Ertaga boraman deymiz... Ertaga ko'rishaman deymiz... Ertaga uzr so'rayman deymiz... Ertaga namoz 'qiyman deymiz... Ertaga ro'za tutaman deymiz... ERTAGA O‘LAMAN DEMAYMIZ, DEYOLMAYMIZ!!! Ertaga juda uzoq muddat, bir soniyadan keyin nima bo'lishiga kafolatimiz yo'q. Yaxshi ishga niyat qilgan bo'lsangiz bugundan, hozirdan boshlayvering. Tug'ilganingizdan beri «ertaga» deb, ko'ksingizdagi uyg'onmoqchi bo'layotgan vijdoningizni aldab kelyapsiz. Bugun o'zingizni bir ko'zguga soling. Yaxshilab qarang. "Ertaga bormanmi" deng. Ertaga bu dunyo sizsiz qolsada hech narsa yo'qotmaydi. Lekin siz tarafdan ulkan yo'qotish bo'ladi. Xotirjam tortib, g'aflat bosib qolgan qalbingizni turtkilang, uyg'oting uni.
QAY BIRI MUHIM? Bir qishloqda aka-ukalar yashardi. Aka qishloqda qolishni ma'qul ko'rar va o'ylardi: - Bunday zamonda shaharga borib, gunohga to'la hayot kechirgandan, o'z joyimda cho'ponlik qilay va ma'siyatlardan uzoq turay. Erta tongdan shomgacha podani o'tlatar, doimiy zikr va shukr bilan hayot kechirardi. Ukasi esa shaharga borib, kichik mahallada kosibchilik qila boshladi. Kunlarning birida aka ukasini ko'rib kelmoqchi bo'ldi va qo'y-echkilar sutidan meshga solib shaharga yo'l oldi. So'ray-so'ray manzilni topdi, ukasi bilan ko'rishdi. Sutli meshni devordagi mixga osib, suhbat boshlashdi. Shu payt ustaxonaga bir ayol kirdi, oyoq kiyimini ta'mirlash mumkinmi yoki yo'qligini so'radi. Uk
Qalbingiz buyurgan ishni qilib xato qilganingiz, odamlar gap-so'zidan qo'rqib xato qilganingizdan yaxshiroqdir.
Показать ещё