Ajal o'qi aniq bir kun yetgusi
Shoshmasdan xotirjam halok etgusi
Otang bor onang bor ertan ketgusi
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygin
Bitgan gulzorlaring so'lar ertaga
Umr kosasi ham to'lar ertaga
Baland minoralar qular ertaga
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygin
Birov horma demas tolsang yugurib
Yordam ham berolmas ahvoling ko'rib
Mard bo'lda o'rningdan bir sapchib turib
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygin
Mayli ko'chat ekkin ertani ko'zlab
Mayli hosilin ham totgin yolg'izlab
Lek qolmayin desang qabrda bo'zlab
Qabr kavlashni ham o'rganib qo'ygin
Ko'rding dosh berolmas ming minglab tuzum
Bir shamol uchirdi barisin yuzin
Elga suv ichirgan mahaling bir zum
Qabr kavlashni ham
Özingsan abadiy azal iymonim Taqdiring oldida faqat jim böldim Marhamating cheksiz parvardigorim Kecha kim edimu bugun kim böldim Qudrating oldida taslimman qulman Himmating oldida bir hovuch kulman Sen qöllab turmasang aytgin men kimman Kecha kim edimu bugun kim böldim Adashtrib qöyma tögri yölimdan Noming ushlab yursin ikki qölimdan Shukur omad berding öngu sölimdan Kecha kim edimu bugun kim böldim