amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

Slovakiya rasmiylari bosh vazirga qarshi uyushtirilgan suiqasd xuruji ortida siyosiy sabablar yotganini aytmoqda. Robert Fitsoga Xandlova shahrida o’tgan hukumat majlisidan so’ng aholi vakillari bilan uchrashayotganda o’q uzilgan, uning ahvoli og’ir. Hujumchi qo’lga olingan.
Robert Fitso o’tgan yili o’z partiyasining saylov g’alabasi ketidan bosh vazirlikka qayta tayinlangan edi. U saylov kampaniyasida Ukrainaga harbiy yordamni kesish, migratsiyani kamaytirish takliflarini olg'a surgan.
00:46
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

🎸 AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevdagi barda qizil gitarani ko’tarib, “Rockin’ in the Free World” qo’shig’ini ijro etdi. 1989-yilda yozilgan qo’shiq ilk bor Berlin devori qulashi arafasida ijro etilgan. Ukraina harbiylari, dedi Blinken sahnada, nafaqat o’z vatani uchun, balki erkin dunyo uchun kurashmoqda.
Diplomat AQSh Ukrainaning mudofaa sanoatini kuchaytirish va qurollarni tezroq yetkazish uchun ikki milliard dollar ajratishini ma’lum qildi.
00:54
AQSh bosh diplomati Kiyevda
174 просмотра
  • Класс
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

- Blinken AQSh Ukrainani quvvatlashda davom etishiga ishontirdi
- Shvetsiyada ilk NATO mashg’ulotlari
- Iqtisodiyot – Amerika saylov mavsumidagi eng muhim mavzu
- AQShda osiyolik saylovchilar kimga ovoz beradi?
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

Rossiya armiyasi Ukrainaning Xarkov viloyatida qishloq ketidan qishloqni egallashda davom etarkan, AQShdagi saylov kampaniyasida asosiy nomzodlar Jo Bayden va Donald Tramp Ukraina haqida ko’p gapirmayapti.
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

AQShda bir universitetni bir paytda bu qadar ko'p o'zbekistonlik bitirmagan. Pensilvaniya shtatida deyarli ikki asr oldin ochilgan huquqshunoslik oliygohida yakunlanayotgan o'quv yilida qariyb 50 o'zbekistonlik ta'lim oldi. Aksariyati vatanga qaytish arafasida.
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

Slovakiya ommaviy axborot vositalariga ko’ra, Bosh vazir Robert Fitso Xandlova shahrida ro’y bergan otishmada yaralangan va kasalxonaga evakuatsiya qilingan. Fitso hukumat yig’ilishi bo’lib o’tgan madaniyat markazi qarshisida aholi bilan uchrashayotgan paytda unga qarata bir necha bor o’q uzilgan.
Slovakiya Prezidenti Zuzana Chaputova va Yevropa rahbarlari hujumni qoralamoqda. Voqea joyida bir kishi qo’lga olingan. Robert Fitso G’arb davlatlarining Ukrainaga yordamini tanqid qilib, o’tgan yili uchinchi bor qayta saylangan edi.
📷 Reuters
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

Gruziyada keskin norozilik uyg’otgan “xorijiy agentlar” to’g’risidagi qonun ma’qullanishi ketidan mamlakat parlamenti qarshisida namoyishchilar politsiya bilan to’qnashdi, Tbilisi, 14-may, 2024. Unga ko’ra, 20 foizdan ziyod moliyasini chet eldan oladigan OAV va notijorat tashkilotlar “xorijiy davlat manfaatlarini ko’zlayotgan tomon” sifatida davlat ro’yxatidan o’tishga majbur.
Tanqidchilar deydiki, yangi norma Rossiya qonunchiligidan ko’chirma bo’lib, Gruziyada mustaqil mediani ezishga xizmat qiladi, mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo’shilish orzusini puchga chiqaradi.
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

Yaqinda o'tkazilgan so'rovga ko'ra, demokratiyaga tahdid mavzusi 2024-yilgi prezidentlik saylovlari oldidan AQSh saylovchilarini eng ko’p xavotirga soluvchi masalalar sifatida iqtisodiyot va immigratsiyani ortda qoldirgan.
03:03
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

O'zbekistonga 23-apreldan 7-maygacha qilingan safar xulosasi o'laroq Xalqaro Valyuta jamg'armasi Vashingtonda quyidagilarni ma'lum qildi: O'zbekiston iqtisodiyoti yuqori darajada o'smoqda. Xorijdagi fuqarolar ishlab topgan mablag' mamlakat tirikchiligi uchun o'ta muhim. Xususiy sektor kengaygan, iste'mol jadal. O'tgan yili o'sish 6 foizga yetgan, bu yil esa hozirgacha 6,2 foizda turibdi.
Показать ещё