Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan bir necha hafta o’tib, Moskva “urush tog’risida faqat haqiqatni gapiradigan” vebsaytni targ’ib qila boshladi. Aslida, bu sayt "Soxta xabarlarga qarshi kurash" nomi ostida soxta faktlarni tekshirish orqali urush haqidagi yolg'on afsonalarni rag'batlantiradigan va targ'ib qiladigan guruhlardan biriga tegishli.
AQSh va Yevropa Rossiyani g’arb davlatlariga qarshi “ashaddiy gibrid urushi” kampaniyasini o’tkazishda ayblamoqda. Bu urushning o’ziga xos jihati jismoniy tahdid, dezinformatsiya, ayg’oqchilik, GPS signallarini bosish va ommaviy kiberhujumlardan iborat.
Prezident Jo Bayden 4-iyun kuni e'lon qilgan farmonga binoan AQSh Meksika chegarasiga kelib, hujjatsiz ravishda boshpana so'rab murojaat qilayotganlar soni kuniga 2500 nafarga cheklanadi.
- Janubiy Afrika saylovida hukmron partiya g’olib
- Meksika tarixida ilk bor ayol prezidentlikka saylandi
- Hind parlament saylovida berilgan ovozlar hisoblandi
- Bayden va Tramp qora tanli elektorat ko’nglini ovlash harakatida
- Seul Pxenyanga tashviqot, Pxenyan Seulga axlat bilan hujum qilmoqda
Xitoy hukumati Pekinning Tiananmen maydonida demokratiya va ozodlik talab qilib chiqqan aholi isyonini harbiy yo’l bilan bostirganiga 35 yil to’ldi. 1989-yilning 4-iyun sanasida poytaxtda isyon ko’targan talabalar, ishchilar va davlat xodimlari siyosiy islohot o’tkazish, korrupsiyaga chek qo’yish va inson huquqlarini ta’minlashni talab qilib chiqqan edi.
Hukumat qurbonlar sonini 300 ga yaqin deb e'lon qilgan. Biroq amalda harbiylar qariyb 9 ming kishini o'ldirgani aytiladi. Shuningdek, yuzlab odam hibsga olingan, yuzlab odam yaralangan. Sakkiz kishiga o'lim jazosi belgilangan.
Xitoy internet tarmoqlaridan Tiananmen namoyishiga oid maqola, surat va sharhlar o’chirib tashlangan. Namoyishnin
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

Shvetsiyadagi Kvarn harbiy bazasida amerikalik va shvetsiyalik harbiylar shahar ichkarisida jang qilish bo’yicha o’z mahoratlarini oshirishmoqda.
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

11-iyul kuni Nyu-York sudi o’tgan hafta 34 ta punkt bo’yicha sud hay’ati tomonidan aybdor topilgan AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga jazo chorasini belgilashi kutilmoqda. Sudya Trampni 4 yildan 136 yilgacha bo’lgan muddatga qamashi, uy qamog’i belgilashi yoki sinov muddatiga hukm qilishi mumkin.
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

Siyosiy tajribaga ega bo’lmagan, ammo AQSh siyosatidagi mashhur oila a’zosi kenja Robert Kennedi mustaqil ravishda Oq uyga saylanish harakatoda. Amaldagi nomzodlardan norozi amerikaliklarning bir qismi unga ergashmoqda.
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

Shangri-La muloqotida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham qatnashdi, qator davlat rahbarlari va rasmiylari bilan uchrashib, Ukraina tashabbusi bilan 15-16 iyunda Shveysariyada bo’ladigan tinchlik anjumanini qo’llab-quvvatlashni so’radi.
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

Qozog'iston savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish nuqtai nazaridan Tolibonni Terrorchi tashkilotlar ro'yxatidan chiqarishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev Kollektiv xavfsizlik shartnonmasi tashkilotining parlament spikerlari bilan o'tgan uchrashuvda ma'lum qildi.
To'qayevning ta'kidlashicha, Afg'onistonni mintaqalararo aloqalarga faol jalb etish strategik ahamiyatga ega.
Eslatib o'tamiz, 27-may kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi prezident Vladimir Putinga murojaat bilan chiqib, Tolibon Terrorchi tashkilotchilar ro'yxatidan olib tashlanishi mumkinligini bildirgan. Ertasi kun Putin Tolibon bilan aloqalarni kengaytirish lozimligini
Показать ещё