Предыдущая публикация
Shuning uchun bahorlani, yomğirlarin sevaman yor,
Baxtli damlar qayda qoldi, qani ósha shóx kulgular,
İkkimizni boğlab turgan, uzuldimi sof tuyğular,
Soğinganman seni jonim, soğinchlardan kóksim tólib,
Faryodimdan yiğlar osmon, kóz yoshlarim daryo bólib.
Yorib kórgin bu kóksimni, bağri qondir oh bu yurak,
Ózgasini sevmaydi hech, faqat jonim sen kerak,
Kózlarimda qolib ketgan, sening mayus nigohlaring,
Mendek telba oshiqni ayt, sevganingmi gunohlaring,
Sevish gunoh bólsa tangrim, uchrashtirma kóngillarni,
Oxir ayro tushar bólsa, birlashtirma bu yóllarni,
Yoğayotgan yomğirlarda, nafasingni tuyaman yor.......
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 11
bir biriga intiq devonalarmiz,
ikkimiz eng yaqin begonalarmiz,
yuraklar kuz kuzga tushganda yonar yuraklar,
ammo sevgisidan tonar yuraklar,
unsiz ham aytilmas bizning tilaklar,
ikkimiz eng yaqin begonalarmiz