Bir tushdayin,
O’tdiyu ketdi…
Muhammad Yusuf
Oromgoh yo’lkasidan istiqbolimizga peshvoz chiqqan- Mirodil emas, aynan Muhammadning o’zi edi nazarimda. Kulimsirashi, odamning yuziga tik boqmay xiyol engashib mahzun tikilishi, qovoq milklarining xiyol bo’rtib turishi , gapirganda biroz sukut saqlab, lab chetlarining ohista tishlashlari – bularning hammasi Muhammadjonning aynan o’zi edi. Mana shu his tuyg’u og’ushida u bilan quchoqlashib ko’risharkanman, uning ovozini xiyol titrashidan, o’sha men ko’rganim-ko’z milklarida shishinqirab turgan narsa tiniq va armon yoshlari ekanini his qildim. Bu holatdan mening ham ko’zlarimga yosh keldi. U tirsagimdan qo’yib yubormay, chorpoya tomon boshlarkan, hali-hanuz kipriklari pirpirab turardi.
Mirodil Muhammadjonga nisbatan tikroq, gavdaliroq, ammo sochlari, yuzining qora to’riligi, ma’yusligi, odamga tashnaligi, qoyil gap qilgandan keyin buning rohatini samimiy qo’l tashlash bilan nishonlaydigan odatlari- aynan Muhammadjonning o’zi edi.
Biz tashrif buyurgan bu bolalar oromgohi shoir bilan ko’p uchrashuvlarga guvoh bo’lgan ekan. Shoir bu yerga kutilmagan paytlarga kirib kelib ancha payt bolalar bilan, ularning ota-onalari bilan dilkashlik qilarkan. Kezi kelganda, ularga yangi yozgan she’rlaridan namunalar ham o’qib berarkan.
-Shoir bilan bir-ikkida uchrashmagan odamga sizni ko’rsatishsa hayratga tushsa kerak-a, Mirodiljon? – deymanuni oq oralay boshlagan sochlariga ilkis qarab.
- O’xshatish mumkin, chunki bir ona qornidan tushganmiz,- dedi xiyol kulimsirab u. –Ammo ikkovimizning o’rtamizda yer bilan osmoncha farq bor. Akam butunlay boshqacha odam edi. Tamoman fe’l-atvorimiz teskari edi. Agar kimdir cho’milayotgan bo’lsa, akam cho’milmasdi, boshqalar cho’milishga erinib turganda aksincha, el-burutdan oldin oldin o’zini suvga otardi. Manavi narsani qilma desa, qilardi, qil desa also qilmasdi. O’jar edi-da!
Ko’pchilik o’rtasida bo’lsa akamni sizlardim. Boshqa hollarda xuddi do’st-birodarlardek u bilan sensirashib gaplashardik. Ammo akamni gapini hech qachon ikki qilmaganman. Iloji bo’lmagan ishni aytsa ham “xo’p” derdim, qilmasam ham uning shashtini qaytarmasdim. Biz oilada ikki o’g’il, uch qizmiz. Katta opam, akam, men va ikki singlim. Ularning hammasi uyli-joyli bo’lib ketishgan.Faqat men ota uyida qolganman.Onam mening qo’limda! Erta-yu kech onam oldida odam bo’ladi. Men ham ishdan qaytiboq eng avval onamning odida kiraman.Onam ham to men ishdan qaytmagunimcha ko’chaga qarab o’tiradi.Nazarimda suyukli o’g’lini bevaqt yo’qotib qo’ygan ona xavotirga tushib qolarkan, shekilli-da!Ayniqsa akamning o’g’li Boburjon kelganida onamning quvonchi biro lam bo’ladi.”Qara Murodjon, Ollohim chevarda, shu kampir kuyib kul bo’lmasin, bolasining kuyiga deb, bir ovunchoqni tashlab ketibdi-ya, shunisigayam shukur. Bo’lmasa Muhammadning dog’ida bir kun umr ko’ra olmasam kerak?”deydi. Darhaqiqat, Xudoning chevarligiga tan bermay iloj yo’q-da, akam bevaqt olamdan o’tdi-yu, uning pusht kamaridan bo’lgan bola bizlarga ovunchoq bo’lib qoldi. Uni yergayam, ko’kkayam ishonmaymiz, ardoqlaymiz. Uning ko’zida g’am ko’rmaylik, deymiz. Yaqinda o’ylab qo’ydik. Qoraqo’rg’on bilan Andijon o’rtasida qiynalmasin deb, shahardan uy olib shu yerga ko’chiribolib borib qo’ydik. Har hafta yetib keladi, kela solib onamning quchog’iga singib ketadi. Xuddi akamning o’zginasi. Yurish-turishi, qiliqlari, bag’ri kengligi…Umuman , Ollohning chevarligiga tan bermay iloj yo’q…
Shunaqa qilib, onam ham, men ham, opa-singillarim ham ovunib o’tiribmiz. Tug’ilgan kunlarida akamning yaqinlari, birodarlari kelib turishadi. Ular kela solib onamning duosini olishga intilishadi. Unga o’z o’gillariday mehribonlik ko’rsatishadi. Onam sho’rlik, bu mehribonchiliklardan boshi tog’ barobar ko’tariladi , keluvchilarga ta’zim qilib, ularni olqaydi. Qani endi mana shu shukrona kunlarni o’g’lim ko’rsa edi, deydi, ko’zlari namlanib…
Akam juda boshqacha odam edi. Men adabiyotchi emasman, uni kelishtirib ta’riflay olmayman. Lekin menga shunisi ayonki, akam fe’l-atvorda topilmas odam edi. Odamning dilidagini topib gapirardi,gapiruvchining so’z
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев