Предыдущая публикация
Kel do'stim, dunyoning ishlarin qo'yib,
Yonimda o'tirgin diydorga to'yib,
Yashaylik armonning bag'rini o'yib,
Ertaga bugunni topa olmaymiz
Umr o'tar, ortga qayta olmaymiz.
Boylik,mansab,xasham o'tkinchi bari
Tushunib borasan ulg'aygan sari,
Xaydama, mehrni ko'nglingdan nari,
Ertaga bugunni topa olmaymiz
Umr o'tar, ortga qayta olmaymiz...
Tashvishlar tugamas,oshar kundan kun,
Birini birini quvib qochar tundan tun,
Bir laxzada ,nelar bolishi mumkin,
Ertaga bugunni topa olmaymiz
Umr o'tar ortga qayta olmaymiz
faryod
+998997792012 t.me/Tursunov_Farhod
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев