Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatux...
Xamma bilgan usha savol javob temamiz.
Savol uchun +10ball
Javob uchun +10ball
Ilm olishdan va ilm ulashishdan Charchamang...
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon, Na boshi ma’lum na so’ngi ayon. Hech kimsa rostini aytib berolmas, Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon. Keksa yosh hayotga har kimki yetar, Hammasi izma-iz birma-bir o’tar. Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar. Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam, Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham. Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam. Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi, Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi. Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi, Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi. To'planishib uch to'rtta nodon, Eshshak tabiatin qilur namoyon. Ular davrasida sen ham eshshak bo'l, Bo'lmasa kofur deb qilishar