Shukr qilgin Akajon Olloh senga qiz bersa. Hafa bo'lma Opajon Olloh senga qiz bersa. Ayolingni ranjitma, Qaynonanga baqirma, Suyunchini ayama Olloh senga qiz bersa. Mehribonroq o'g'ildan, Dadamas der Dadajoon, Choy icharsan qo'lidan Olloh senga qiz bersa. Qilgin yaxshi tarbiyat, O'rgat namoz, ibodat, Sajda qil, qilgin toqat Olloh senga qiz bersa. O'ssa bo'lib Soliha, Misli Oisha, Fotima, Topshir Solih qo'liga Olloh senga qiz bersa. Derlar - O'sha oxir kun Yetmay qolsa savobing, Berarkan ajrin qizing Olloh senga qiz bersa. Bermasa ne qilarding, Tirnoqqa zor bo'larding, Ko'p isyonkor bo'lmagin Olloh senga qiz bersa.
577255722093

Борис Белый

Показать ещё