🐓 "Tottenhem" derbining so'ngi 10 bahsining 4 tasini o'z foydasiga hal qilgan. Maydon egalari mavsumni bir tekisda o'tkaza olishmayapti. Shunga qaramay ayni paytda ham Postekoglu shogirdlarida Chempionlar ligasiga yo'llanma olish uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Buning uchun bugungi bahsda g'alaba juda zarur. Jamoa lazaretida jamoa asosiy tarkibidan o'rin egallab kelgan futbolchilardan faqat Udodji bor, Oliver Skipp esa uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.
💣 "Arsenal" hisobida ham so'ngi 10 derbida 4 g'alaba mavjud. Azaliy raqibidan farqli ravishda "Arsenal" chempionlik uchun kurashmoqda va bugun g'alaba suv va havodek zarur. "Kanonirlar" bu bahsgacha yana bir London derbisida qatnashishdi va unda "Chelsi" 5:0 hisobida tor-mor etildi. Jarohat bilan bog'liq muammolar bugun "Arsenal"ga bosh og'riq bo'lmaydi.
🇬🇧 APL 🏆 | 35-tur
🐓 "Tottenhem" ⚡️ "Arsenal" 💣
🗓 BUGUN | ⌚️ 18:00 (Tshv)
🏟 "Tottenham Hotspur", London
📺 Setanta https://t.me/fudbolluztv
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев