UCHRASHUV Ana sevgim, Ko‘rib turib qaragim yo‘q. Uning menga, Mening unga keragim yo‘q... Bir yilda bir ko‘rishamiz, U gapirmas. Menda ham yo‘q zaboi, Bir so‘z so‘ragim yo‘q. Baxtliman deb U ham, mag‘rur, O‘tib ketar, Men ham xursand, Shodman — boshqa tilagim yo‘q. Bu yo‘l boshi paymon edi, Hijron endi. Armon endi, Armonga mo‘ltiragim yo‘q... Ketaversin, Bu dunyoda bir qizni deb, Har kuni bir Yig‘laydigan yuragim yo‘q. Muhammad Yusuf
Inson Yulduzlarni yutib yubordi bu tun, Yutdi-yu, unitib yubordi bu tun. Shunday tunda agar yig'lagin kelsa, Sen odam ekansan, odam ekansan. Chaqaloq tug'ildi, sochi qop-qora, Ko'zini ochmasdan jilmaydi, qara. Shunday kunda agar yig'laging kelsa, Sen odam ekansan, odam ekansan, Men taskin izladim kuygan jonimga. Suydim, balolarga qoldim, yonimga Kelib asta holim so'ragim kelsa, Sen odam ekansan, odam ekansan. Tanho bilmasa ham Vatan, bilsa ham Vatan, Yig'lasa ham Vatan, kulsa ham Vatan, Unga jonni tikmoq tilaging bo'lsa, Sen odam ekansan, odam ekansan, Qahr bu adovat, araz o'tkinchi, Quyosh ko'tarilib, quyosh botguncha, Kerakmaslarga ham keragin bo'lsa, Sen odam ekansan,
Bir kecha Bir kecha bexosdan uyg'onib ketsam, Yig'lab o'tiribdi yuragim yum-yum. Cho'chib turdim: senga nima bo'ldi erkam, Nimaga yig'laysan, Men nima qildim?.. Unday desam bo'lmas, Bunday desam ko'nmas, Chekdim. Chiqib sokin hovlini kezdim. Hamma yulduz so'ndi. Ammo bir yulduz so'nmas Ko'zimga mo'ltirab turar ilk sevgim. Yulduzdan ham olis o, sen buyuk g'am, Bugun sen yo'qsan faqat yonimda. Hijron kuyin chalib qon o'rnida ham, Armon aylanadi joni tanimda O'ylayman, o'ylayman, o'ylarim uzun Qo'lim qisqa sevgim, bo'ylarim uzun Endi sen men uchun eng uzun ertak, Endi meni yomon qiynaydi yurak!.. Chekaman. Tutunga to'ladi xona Ilk sevgim mo'ralar to'rt burchagindan Men
Tuproq yurtim mening, To'pori yurtim, Ko'zimga to'tiyo g'ubori yurtim. Eng xushroy gullar xushruxsori yurtim! Eng xushboy bog'larning ifori yurtim! Eng baland tog'lardan yuqori yurtim! Murodi ko'nglimning xumori yurtim... Benava bilmagan, Bedard sig'magan, Beyuzga benasib ruxsori yurtim...!
AYTINGLAR G'irot mingan Go'rog'li Bobom qani, aytinglar, Qo'ng'irotlik Alpomish Og'am qani, aytinglar... Tustovuqday tovlangan Olam qani, aytinglar. Ko'lda kiyik ovlangan Dalam qani, aytinglar. Kokillari yer o'pgan Sanam qani, aytinglar. Kuyib ketgan jonimga, Malham qani, aytinglar Dardim aytsam tushungan Odam qani, aytinglar?.. Ko'nglim gulday ezilib, Ko'zimga yosh to'lyapti Eh, quyoshga osilib, Botib ketgim kelyapti!
UZR Shuhratga o'ch bo'lsam kerak men gumroh, Yolg'on bo'lsa kerak dilda nolam ham. To'pori baytlarim bitar paytim goh Ko'zimga ko'rinmay qolar bolam ham. Olamni erkalab erka so'z izlab, Bolamni erkalab bir so'z aytmayman. Mushukday suykalib kelsa ham muzlab, Betidan bir o'pmay uydan haydayman. Qalam ushladimmi demak - o'yin bas, Yayrab ocholmaydi gul dudog'ini. Bundoq yurak yutib so'rasha olmas, Xonamda qoldirgan qo'g'irchog'ini. Burchak-burchakda jim tortishar burun, Bilmam qanday o'yu xayol ichida. Tuzsiz she'rlarim deb shirindan-shirin Bolalarim yurar oyoq uchida... Ular she'r yozmasin hech menga o'xshab Mendan nafi ko'proq tegar elimga. Shoh asar bo'lsa ham tupurdim o'
OQIBAT Mehr yuraklarda qotsa ichikib, Oqibat ham bo'lgay anqo urug'i. Elning kichigini g'ajir kichigi Ulug'ini esa ulug'i... Polvoni polvonni chalmoqqa mahtal, Dorbozi dorbozin ko'rolmay yashar. Hofizlar qo'shiq aytishdan avval, Bir-birlarin qarg'ab ovoz sozlashar. Ziyolilarga kerakmas maydon; Tinchitar bir-bitin sal g'oyibona, Olimi olimin olimlik bilan, Shoiri shoirin ham shoirona!.. Mehr yuraklarda qotsa ichikib, Oqibat ham bo'lg'ay anqo urug'i, Elning kichigini g'ajir kichigi, Ulug'ini esa chaynar ulug'i. Andisha degan bir bog' bo'lar vayron, Go'yo bu chamandan yalmog'iz o'tgan. Onalar qizlarin tanimay hayron, Qizlar onalarin ismin unutgan. Bir umr yelkada ko'tarib o
MISH-MISH Mayda mish-mishlardan zirqirar tovon, Unganmiz-ku asli bitta tuproqdan. U kuni she’rimni tinglab, bir nodon Meni maqtab qo`ydi: falon qishloqdan. Shu bir so`zdan tuygan huzurin ko`rsangiz, Go`yo oyni uzib olgan bu odam. Bundaylar uchrasa, yurtin so`rsangiz, Mahallasin aytar Afrikada ham. Ayting, xafa bo`lay men yana kimdan? Birov davlat qurar, birov uy tiklar. Asli bir xalqligin bilar-u, zimdan Nechun, bir-birovin ko`rolmas ular. Bitta dayr arodan bir tushgan kema, Bir qirg`oq yer, bir kun suzishdan tolsang. Birodar, bunchalar gerdayding, nahot, “O`zgani sher bilgan”, naqlin bilmasang? Bo`lingan bo`lisning o`chgay chirog`i, Ortga bir qayriling, mingta
Ma’yus kunim ko‘zim tushsa, Kuyar osmon, tushunmaysan. Meni samo tushungaydir, Sen, ey inson, tushunmaysan.. Kuyib ko‘ksim o‘tar bo‘lsam, Oqar bo‘lsam, ketar bo‘lsam, Meni daryo tushungaydir, Sen, ey ummon, tushunmaysan. Men ham shaydo, men ham maftun, Men ham hech kimi yo‘q Majnun, Meni laylo tushungaydir, Sen, ey jonon, tushunmaysan. Mening yo‘lim uzun armon, O’zim dovon, o‘zim karvon, Meni sahro tushungaydir, Sen, ey sarbon, tushunmaysan. Mening borim erur ko‘nglim, Mening yorim erur ko‘nglim, Ma’yus tanho tushungaydir, Sen, ey xandon, tushunmaysan... Ma’yus kunim ko‘zim tushsa, Kuyar osmon, tushunmaysan. Meni Olloh tushungaydir, Sen, ey xoqon, tushunmaysan. Ko‘ng
HAQIQAT Yuraging siqilib borib shahardan, Sekin gapga solsang mo'min dehqonni. Qodiriyni eslar yozuvchilardan, Artistlardan esa - Shukur Burhonni... Sening tilla gardish ko'zoynaging bor, Lekin berkitolmas u ham ginangni. Nafis jild kitoblar yig'massan bekor, Bekor olmagansan pianinangni. Mana ko'rib qo'ying - Odaliska bu. Ranglarga e'tibor bering, ranglarga. Behzod chizgilari emas sizga bu. San'atda yetmoq yo'l bo'lsin bizga bu Nozikfahm rum - faranglarga. Mana bu Otello. O'sha xabash shox. Sahna - Ovrupodir (yana o'sha yoq). Dunyoda hech kimda yo'q bunday ovoz, Dunyoda hech kimda yo'qdir bu nigoh!.. Deysan: bu kitobim ichi to'la dur, Deysan: bu kitobim bitta
Показать ещё