Artyom Makosinni
tabriklaymiz!
Bugun “Qizilqum” futbol klubi
menedjeri Farhod Nurullayev
hamda jamoa darvozaboni va
sardori Artyom Makosinning
tavallud kunlari.
Fursatdan foydalanib, ularni
tug‘ilgan kunlari bilan
tabriklaymiz. Ularga uzoq umr,
sihat salomatlik va oilaviy baxt
tilaymiz.
Ma’lumot o‘rnida shuni
ta’kidlash kerakki, Farhod
Turg‘unovich bugun o‘zining
yarim asrlik to‘yini tantana
qilmoqda.
U 1964 yilning 29 oktyabrida
Navoiy shahrida tug‘ilgan.
Farhod aka 1982 — 1984 yillar
«Zarafshon» (Navoiy), 1985 —
1989 yillar «Yangiyer», 1990 —
1998 yillar «Zarafshon» (Navoiy)
jamoalarida himoya chizig‘ida
to‘p surgan. 2011 yildan buyon
esa «Qizilqum» jamoasida
menedjer sifatida faoliyat olib
bormoqda.
Artyom Makosin esa 1985 yil 29
oktyabrda Navoiyda tavallud
topgan.
Artyom Olegovich ilk “charm
to‘p” saboqlarini murabbiy
Vladimir Petrovich Gavrilovdan
olgan.
U 2003 — 2004 yillarda
«Zarafshon — NSZ» (Navoiy),
2005 — 2008 yillar
«Buxoro» (Buxoro), 2009 yil
«Sho‘rtan» (G‘uzor), 2010 yil
«Zarafshon — NSZ» (Navoiy),
2011 yildan tanaffus bilan
«Qizilqum» jamoasi darvozasini
qo‘riqlab kelmoqda.
Yana bir bor, Farhod Nurullayev
hamda Artyom Makosinni futbol
klubimiz ma’muriyati, barcha
jamoa a’zolari nomidan
bugungi qutlug‘ ayyomlari bilan
chin yurakdan samimiy
muborakbod etamiz.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
Manba: fcqizilqum.uz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев