Yig'lamang men yana Kulyapman ona, Salgina egildim, Sinmadim ona Men o'zim bilaman Ne yo'qotganim Faqat yuragimni Bermadim ona. Dardimning darmoni Dilda duo bor Men nega ezilay Siz bor xudo bor. Yig'lasam quvonchdan yig'ladim bugun, Yomonga qaytguvchi Bir kun jazo bor..
Kulsam baxtli demang siz Men g'amlardan kulaman Yuragimda bir dard bor Yolg'iz o'zim bilaman. Yig'lasam ham achinmang, Ko'z yoshlarsiz turolmas Oyog'im ham bir qadam Tikon bosmay yurolmas. Sizdan sira ranjim yo'q, Qiling mayli g'iybatim Balki shunday bitilgan Peshonamga qismatim. Kulsam baxtli demang siz, Men g'amlardan kulaman. Dilimda bir dard bor, Yolg'iz o'zim bilaman..
Tushlarimda sizga joy yo'q kirolmaysiz, Nozlar qilib, zor yig'latib kulolmaysiz. Yo'q bo'laman, men qaydaman bilolmaysiz. Sizni suygan ko'zimdanda kechib ketdim, Qaytmas bo'lib ishq rishtasin yechib ketdim..