Mendan kechib ketar bölsang, Közlarimni yumib ket, Yetim qolgan sevgimizni, Tuproqlarga kömib ket, Birga bölgan damlarimiz, Yuragimdan yulib ket, Armonlaring tashlab menga, Quvonchimni olib ket, Eng söngi bor nigohingni, Nigohimga qadab ket, Tosh yuraging bir parchasin, Men baxtsizga atab ket, Yomg'irdayin köz yoshlaring, Yöllarimga sepib ket, Qaytmas bölsang bag'ritoshim, Qabrimga gul ekib ket
Показать ещё