52645643813082

Daryo.uz

Объявлены победители конкурса Pallmal

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakat shimolidagi muhim ahamiyatga ega Qunduz shahrini “Tolibon” jangarilaridan ozod etishga va’da berdi. “RIA Novosti”ning G‘aniga asoslanib ma’lum qilishicha, afg‘on armiyasi qarshi hujumni boshlagan. Foto: “RIA Novosti” “Tolibon” jangarilarining hukumat va harbiy qo‘mondonlarni g‘aflatda qoldirgan Qunduzga kutilmagan hujumidan bir kuni o‘tib, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani millatga murojaat bilan chiqish qildi. Afg‘oniston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qo‘shinlari “hukumat binolarini ozod qiladi… qo‘shimcha kuchlar, maxsus xizmat va desantchilar Qunduz ostonasiga yetib kelgan yoki yo‘lda davom etmoqda”. Ashraf G‘anining ma’lum qi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikada ochiq to‘y liboslari sotuvini cheklashga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Foto: “ Kommersant.ru” “So‘nggi paytlarda kelinlarimiz orasida Yevropaga monand haddan tashqari ochiq ko‘ylaklar kiyish urf bo‘lmoqda. Bu noto‘g‘ri va chechen madaniyatiga umuman xos emas”, — deya ta’kidlagan Qodirov. U mahalliy to‘y salonlari egalariga milliy liboslar sotuviga o‘tishni maslahat bergan.
Iroq shimolida turk armiyasi tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (KIP)ning 30 dan ortiq jangarilari yo‘q qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Foto: “RIA Novosti” “Bu kecha Shimoliy Iroqda transchegaraviy operatsiya o‘tkazdik. 30 dan ortiq terrorchi yo‘q qilindi”, — dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqarada mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida. Ma’lumot uchun, Turkiyadagi vaziyat 20-iyul kuni “Iroq va Shom islom davlati” tomonidan Suriya bilan chegarada amalga oshirilgan terakt va Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida KIP tomonidan politsiyachi
Yamanda hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar va isyonchi xusiylar o‘rtasidagi qurolli nizo natijasida kamida 2355 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi hisobotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda. Foto: ntv.ru So‘nggi ikki hafta davomida mamlakatdagi jangovar harakatlar sabab 151 kishi halok bo‘lgan. Bu ma’lumot arab koalitsiyasi samolyotlarining Vahidjadagi to‘y marosimiga xatolik sabab bergan aviazarbasi qurbonlarini o‘z ichiga olmagan — birgina o‘sha hujum natijasida 130 kishi halok bo‘lgandi. BMT oliy komissari boshqarmasi Yaman hukumati va arab koalitsiyasidan o‘rin olgan mamlakatlarni tinch aholi vakilla
“O‘zekspomarkaz”da sakkizinchi xalqaro ixtisoslashgan UzMedExpo—2015 tibbiyot ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda 29-sentabr, seshanba kuni O‘zA xabar berdi. Foto: Afisha Ko‘rgazma O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimligi, “Dori-darmon” kompaniyasi, “O‘zfarmsanoat” konserni, Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarning mamlakatimizdagi vakolatxonalari uyushmasi ko‘magida IEG Uzbekistan xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. O‘zbekistonda 1997-yili atigi 2 farmatsevtika korxonasi faoliyat ko‘rsatib, 30 nomga yaqin dori vositalari ishlab chiqarilar edi. Bugun O‘zbekistonda sohada faoliyat yuritayotgan korxonala
The Guardian jurnalisti Shon Uoker Twitter’dagi sahifasida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘g‘li BMTda mamlakat rasmiy delegatsiyasi uchun mo‘ljallangan joyda o‘tirgani tasvirlangan fotosuratni e’lon qildi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda. Foto: “Segodnya.ua” Ayni vaqtda, Belarus prezidenti saytida Nikolayning faqat Nyu-Yorkdagi “11-sentabr” Milliy yodgorligi oldida tushgan suratini ko‘rish mumkin. Belarus prezidenti o‘z o‘g‘li bilan birga mash’um terakt qurbonlaridan biri — Belarus fuqarosi Irina Busloning nomi yozilgan yodgorlikka gul qo‘ydi. Foto: “Segodnya.ua” Eslatib o‘tamiz, Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi davom etmoqda, unda jahonning 150 maml
AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin BMT bosh kotibi tomonidan tashkil etilgan tushlikda Pan Gi Munning salomatligi va BMT uchun qadah ko‘tardi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda. Foto: “Segodnya.ua” Forbes Russia’ning Putinning so‘zlariga asoslanib yozishicha, u Obama bilan birga shampan vinosi ichgan. Putinning qayd etishicha, qadah so‘zini Pan Gi Mun aytib, tashkilot rivojini tilagan, qadah so‘zi sharafiga Putin va Obama birga vino ichgan. Avvalroq internetda AQSh prezideti Barak Obama BMT bosh kotibi Pan Gi Mun tomonidan tashkil etilgan tushlikda qadah so‘zi aytganidan so‘ng, o‘z qadahini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shishasi bilan urushtir
Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi Yevropa xalq partiyasi fraksiyasi 2016-yilning yanvarida saylanadigan Assambleyaning yangi raisi lavozimiga nomzod taklif etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi. Foto: “RIA Novosti” Nomzod sifatida fraksiya rahbari ispaniyalik Pedro Agramunt ko‘rsatildi. Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi qoidalariga ko‘ra, hozirgi paytda Yevropa xalq partiyasi fraksiyasining navbatidir. Nomzodlik uchun bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida Agramunt eng ko‘p ovoz to‘plagan.
Показать ещё