Buyurtma
Nahot, mumkin
meni shuncha
ayblash,
Shuncha ko'p
ayblashdan
og'rinmaysizmi?
Yo'llarni berkitgan
g'azabmi,
araz,
Ayting, meni sira
Sog'inmaysizmi???
Bir-birin pinjiga kirmoqda
qushlar,
Erkangiz edim-ku
xotirlaysizmi?
Men haqda ko'rib ham
bir shirin
tushlar,
Ayting, meni sira
Sog'inmaysizmi???
Aybsizligim, balki
bilarsiz, kelib,
Endi kechirmoqqa
botinmaysizmi?
Gina joningizga
ketmasmi tegib,
Ayting, meni sira
Sog'inmaysizmi???
ƒฉřγσძ
telegram +998 97 793-20-12