Alamlari bo‘g‘zimgacha
to‘ydirdi, Onam bo‘lsa, qo‘y yig‘lama, qo‘y derdi.. Mish-mishlari pichoqsiz ham
so‘ydirdi, Bebosh ko‘ngil, .. suymay o‘lsin kuydirdi!.. G‘amning kelar
eshiklari ko‘p ekan, Birin yopsang, biri ochiq qolarkan. Bugun mening
bo‘ylarimni dard eggan Tovonimga botib borar xas, tikan.. Sevgi agar bo‘lsa
edi, topardim, Yo‘q bo‘lsaydi, yo‘q deb eshik yopardim.. Sevmasa ham go‘rga
edi, bilsaydi, Ortdan qolmay soya kabi chopardim.. Bisotingda bitta chimdim or
bormi? Kuydirmajon, kuygan mendek xor bormi? Buncha sovuq, nigohingda bir
cho‘g‘ yo‘q, Xovurimni bosib olay, qor bormi? ..o‘lanchi qiz, aytmay turgin
yor-yorni, ..yo‘llarida mendek ishqqa zor bormi? Bevafoni qarindoshi ey dun