Man saxroda bir daraxt, Suv icholmas ildizman, Bir o'zim juftsiz karaxt, Ox, sansiz man yolg'izman. Yakka qolgan orolday, Sohili yo'q dengizman, Qaddi bukilgan tolday, Ox, sansiz man yolg'izman. Bog'manki bir tikonli, Bahorin quvgan kuzman, Yuragi to'la qonli, Ox, sansiz man yolg'izman. Qayta yonmagay shamday, Hatto qolmas bir izman, Ortiqcha dardu-g'amday, Ox, sansiz man yolg'izman. Soniyalik umri bor, Zumda uchgan yulduzman, Yor yo'liga intizor, Ox, sansiz man yolg'izman. Tonggi otmas tong, saxar, Quyoshi yo'q kunduzman, Ichgan suvlarim zaxar, Ox, sansiz man yolg'izman. Oy yuzli, ko'zi shaxlo, Qoldim zebo yorsiz man, Xoru-zor, baxti qaro, Ox, sansiz man yolg'iz
553192547197

ΞMιѕѕтєrΞ ✧✧

Добавил видео
Показать ещё