chiqmagan
kelinchak.Sizlarga bir, baxtsiz
qissani aytib bermoqchiman.
Iroda o'rtaxol oilada katta
bo'lgan. U kambag'al oiladagi bir
yigitni, qattiq sevib qoldi. Yigitni
oilasi katta, ko'p narsalarga
imkoni yo'q edi. Iroda shunga
qaramay ham, uni sevaman deb
uyidagilarga qarshi chiqib, unga
tegaman deb, turib oldi.Onasi
qizini fikridan qaytarishga ko'p
urindi, ammo iloji bulmadi.
Qizining qaysarligi onaizorni
azobga solardi. Qizni uyidagilar,
to'yga qattiq qarshi chiqishdi.
Qiz baribir so'zidan qaytmay,
pinxona yigit bilan turmush
qurishdi. Bu yangilikni eshitgan
qizning ota-onasi, qizidan qattiq
jaxli chiqdi va undan voz kechdi.
Irodani ko'ziga xech narsa
ko'rinmas edi. Sevgani yonida
baxtli edi. O'zini yettinchi
osmonda yurgandek his qilar
edi. Irodaning turmush o'rtog'i
Elmurod ham, uni qattiq sevar
edi. To'ydan so'ng, Elmurod
ishsiz qoldi. To'yga bir hafta
o'tar o'tmas, qaynonanig kesatiq
gaplari boshlandi. Bir mahal,
ovsini bir gazeta olib kelib qoldi.
Unda qimmatbaxo
taqinchoqlarning surati bor edi.
Ularni orasidagi bir uzuk,
Irodaga juda yoqib qoldi.
Kechqurun turmush o'rtog'iga
o'sha uzukni ko'rsatib, olib
bering dedi. Elmurod olib
berishga imkoni yo'qligini, uyga
bozor qilish, ro'zg'or qilish
kerakligini tushuntirdi. "Men
ishsizman, seni o'ylayotgan
gapingni qara" deb jaxl qildi.
Iroda o'sha kun tonggacha
yig'ladi. Ammo Elmurod, e'tibor
ham bermadi. Kechasi bilan
uxlolmagan kelinchakni, kuni
og'ir boshlandi. Ertalabdan
qaynonaning javrashi, hamma
hammasidan charchagandi.
Uyiga ham, bora olmasdi. Chunki
uyidagilar uni, qabul qilmasligini
yaxshi bilardi. To'yiga 16 kun
bo'lgandan so'ng, bir kuni ovsini
ishlashga men bilan chiqing
dedi. Elmurod borishiga ruxsat
berdi. Iroda ham juda xursand
bo'ldi. Endi qaynonasini ovozini
kamroq eshitishdan. Ovsini
Irodani ayollar gavjum bo'lib
turgan joyga olib bordi. Bu
mardikor ayollar yig'iladigan joy
edi. Bir mahal Irodanning yoniga
kelib, bir mashina to'xtadi.
Ichida chamasi qirqdan oshgan,
qorindor bir erkak bor edi.
Irodaga qaradida, mashinaga
o'tirishini aytdi.Ovsini shartta
Irodani qo'lidan ushlab,
mashinaga olib chiqdi. Yo'lda
ketishar ekan, ovsini bu erkakni
tanishini aytdi va erkak bilan
xuddi qadrdondek gaplashishni
boshladi. Iroda hech narsaga
tushunmas, indamay ovsinini
aytganini qilar edi. Ularni bir
katta dalahovliga olib kelishdi.
Bir oz muddat oynalarni
yuvishdi. Keyin haligi erkak,
ularni abetga chaqirdi. Ichkariga
kirgandan so'ng, Iroda juda
hayron qoldi. Dasturxonda yo'q
narsani o'zi yo'q edi. Xamma
nozu ne'matlar, shirin shirin
taomlar bor edi. Ovqatlangach,
erkak, ularga ichkilik tavsiya
qildi. Ovsini ichdi, ammo, Iroda
uyga borishi kerak ekanligini
aytib, ichmaslik yo'lini qidirdi.
Erkak bo'lsa, o'zim olib borib
qo'yaman dedi. Ovsini ham,
Irodani ichishga majburlay
boshladi. Irodani qulog'iga
ichmasang bo'lmaydi, odobsizlik
bo'ladi deb aytgandan so'ng,
Iroda noiloj ichdi. Bir ozdan
so'ng boshi qattiq aylana
boshladi. So'ng, sal o'ziga
kelgach, o'zini yotoqxonada bir
ahvolda ko'rdi. Eshikdan boyagi
erkak, qo'lida qadax bilan kirib
kelardi. Iroda qattiq qo'rqib
ketdi. Nimalar bo'layotganini,
nimalar bo'lganinini eslashga
urinardi. Ammo hech narsani
eslay olmasdi. Yonidagi to'shakni
olib, ustiga yopdida xaliga
erkakka yalinishni boshladi.
"O'tinaman sizdan, meni qo'yib
yuboring. Axir, axir chillasi
chiqmagan kelinchak bo'lsam,
o'tinaman sizdan, meni qo'yib
yuboring. "Ko'zlaridan yoshlar
oqa boshladi. haligi erkak bo'lsa,
Irodaga yanada yaqin kelardi.
Iroda nima qilishini bilmasdi.
Hech qachon bunday bo'lishi
mumkunligi haqida o'ylamagan
qiz, faqat yig'lardi va o'tinib
haligi erkakdan
yaqinlashmaslikni so'rardi xolos.
Haligi erkak, Irodaga yaqin
keldida, "bunga men aybdor
emasman, chillasi chiqmagan
kelinchakni ko'chaga chiqarib
qo'ygan, eringiz aybdor". Iroda
boshqa hech narsa demadi.
Ko'zlarini yumdi. Bir oz
muddatdan so'ng, ko'zlarini
ochdi. Yonida katta idishda
shokolad, pastroqda esa chiroyli
liboslar. Iroda turdida, kiyinib
oldi. Stolni ustida ikkita quticha
bor edi. Biri kichkina quticha.
Ichini ochdi. Ichida o'zi orzu
qilgan o'sha rasmdagi uzuk edi.
Ikkinchisida esa, unga moslab
olingan tumor bor edi. Iroda
tashqariga chiqdi. Hovlida ovsini
uni qo'lidan ushlaganda va
ahvolini so'raganda, sal bo'lsa
ham o'ziga keldi. Ungacham
bo'lgan voqealar unga xuddi
tushdek tuyilgandi. Ular
mashinaga o'tirishdi. Bir maxal
ichkaridan boyagi erkak,
to'xtanglar deb baqirdi. Mashina
to'xtadi.Erkak orqa eshikni
ochdida, Irodaga boyagi ikki
qutichani berdi. Mashina
ketishda davom etdi. Oradan bir
xafta o'tdi. Iroda o'ziga kela
olmasdi. Turmush o'rtog'ini
yonida bo'lganida esa, o'sha
mash'um kun, yana
qaytarilayotgandek tuyilar edi.
Shu sabab ham, u eridan o'zini
olib qocha boshlagandi.
Qaynonani javrashlari ham, endi
Irodani qulog'iga kirmasdi.
Ko'zini bir nuqtaga qadagancha,
jim yurardi xolos. Ichida esa,
qattiq o'rtanar, nima qilishni
bilmas edi. Bu ahvolini ko'rib,
ovsini bir kuni uni chetga
tortida, gaplashib oldi. "Iroda
bilasizmi, men xam sevib
turmush qurganman. Ammo
ahvolni bilasiz, xech narsaga
imkon yo'q. Meni xam o'z
orzularim bor. Iltimos qilaman,
bunday yurmang. O'zingiz uchun
bo'lmasa, xech bo'lmasa men
uchun iltimos sizdan. Eringiz
o'sha kuni nima bo'ldi deb
so'radi. Aytishicha o'sha kundan
beri o'zgarib qolgan ekansiz.
Iroda, iltimos men uchun
bunday yurmang. Iltimos
qilaman! Shu vaqt uyga,
mexmonlar keldi. Bu, Irodaning
ota onasi edi. Ular nixoyat qizini
turmush qurganini tan olib, uni
ko'rgani kelishgandi aslida.
Xursand bo'lishi kerak bo'lgan
Irodani bo'lsa, ko'ngliga qil
sig'masdi. Hamma dasturxon
ustida kulishib suxbat qilishardi.
Faqat u yerda Iroda yo'q edi. Bir
maxal, Elmurod Irodani chaqirdi.
Ovozi chiqmadi. Ikki marta, uch
marta chaqirdi. Ammo javob
ovozi kelamdi. Elmurod sekin
o'rnidan turib, xotinini
qidirishga tushdi. Ammo u uyda
emas edi. Shunda xamma
yig'ilganlar, uni qidira boshladi.
Ko'chadan, qo'ni qo'shnilardan.
Ammo hech qanday foydasi
bo'lmadi. Ko'chada o'ynab
yurgan bir bolakay, Elmurodni
yoniga kelib, kelnoyim jar
tomonga ketdilar, deb aytdi.
Irodani uyidan sal pastroqda
katta jar bor edi. Jar, shu qadar
katta ediki, uni tubi ko'rinmasdi.
Uydagilar sekin jar tomonga yo'l
olishdi. Jarga yaqin qolishganda,
Irodani ro'molini topib olishdi.
Ro'mol yerda yotardi. Elmurod
yugurdi. Jarni uchigacham bordi.
Ammo u yerda Iroda yo'q edi.
Jarni boshida bir narsa
yaltiraganini ko'rgan ovsini,
sekin borib yaltiragan narsaga
qo'l cho'zdi. Bu o'sha tilla uzuk
edi. Ovsini bildi nega bunday
bo'lganini va Iroda qayerda
ekanini. Sekin pastga qaradi.
Hech narsa ko'rinmas edi. U
o'lgan dedi, ovsin o'ziga o'zi.
Irodani o'lganini bilsada, ammo
uydagilarga xech narsani ayta
olmasdi. Oradan bir kun o'tib,
Irodani yo'qolganlar ro'yxatiga
qo'shishdi. Elmurod bo'lsa, har
kuni uni izlar, ammo topolmas
edi. Qaydan ham topsin, axir u
o'lgan. O'lganini bilgan odam
esa, hech qachon bu gapni ayta
olmaydi. Bu ibratli hikoya sizga
yoqadi degan umiddaman.
Hikoyani avtori menmas. Xato va
kamchiliklari bo'lsa oldindan
barchangizdan uzr so'rayman.
Alloh o'zi bizni nafs balosidan
asrasin. Shuni unutmangki: Bu
dunyoda barcha gunoh
kechirilishi mumkin. Ammo
xiyonatmas...!
https://youtu.be/r13K9DMXGuY
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев