54603271569411

Dunyo va Sport yangiliklari

Объявлены победители конкурса Eng zo'r rasm

Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal Argentinaga qarshi final uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. 120 daqiqa davomida 28 yoshli futbolchi 53ta uzatmaga mualliflik qilib, ikki marta darvozaga zarba berdi. Bundan tashqari u o'yindan keyingi penaltilar seriyasida gol kiritdi. Eslatib o'tamiz, finalda Chili penaltilar seriyasiga ko'ra Argentinani 4:1 hisobda mag'lub etdi.
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Andres Inesta “Real” Serxio Ramosni osonlik bilan qo'yib yuborishiga ishonmasligini aytib o'tdi. “Ramos dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri ekanini hamisha ta'kidlab kelganman. “Real”dek buyuk klub Ramosni osonlik bilan qo'yib yuborishiga ishonmayman”, - deydi Inesta. Avvalroq, Ramosga “Manchester Yunayted” klubi qiziqayotgani xabar qilingandi.
Latsio" klubi yarim himoyachisi Balde Keyta “Liverpul" jamoasi rahbariyatining qiziqishlari doirasiga kirgan. Bu haqida futbolchining agenti Ulisse Savini xabar tarqatdi. "Liverpul"ning bosh murabbiyi Keyta kabi futbolchilarning xizmatlariga muxtojlik sezmoqda. Baldeni ham Angliya ko'chib o'tish varinati qoniqtiradi. Shunday bo'lsada, hozircha mersisaydliklar bilan muzokaralar boshlanmagan", - dedi agent. Eslatib o'tamiz, shuningdek Keytaga "Inter" klubi ham da'vogarlik qilmoqda.
Argentina terma jamoasi hujumchisi Esekiel Lavessi Chili terma jamoasidan uchralgan mag'lubiyatga o'z munosabitini bildirib o'tdi. “Leo Messi Argentina terma jamoasi bilan biror sovrinni qo'lga kiritishiga ishonchim komil. Biz bugun g'alaba qozonmoqchi edik, ammo buni uddasidan chiqa olmadik. Juda ham afsusdamiz. Yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandik. Ammo o'z yo'limizda davom etishimiz kerak. Bizda ajoyib jamoa bor, ammo hamisha muvaffaqiyatga kichkinagina omad yetishmay qolyapti”, - deydi Lavessi.
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Xaver Maskerano o'ziga xos rekord qayd etdi. U Amerika Kubogining 3ta finalida mag'lubiyatga uchragan ilk futbolchi bo'ldi. 31 yoshli futbolchi 2004, 2007 va 2015 yillar terma jamoa bilan finalga qadar yetib borib, mag'lubiyatga uchragan. Bundan tashqari, Maskerano Argentina bilan JCh-2014da finalga qadar yetib borib, u yerda ham mag'lub bo'lgandi.
“Manchester Yunayted” klubi “Torino” bilan himoyachi Matteo Darmian borasida muzokarlarni boshladi. 25 yoshli futbolchi uchun “MYu” 12 million yevro taklif qildi. Avvalroq, “Torino” Darmianni 20 million yevroga sotish niyatida ekani ma'lum qilingandi. Ammo turinliklar shartnomadagi qo'shimcha bonuslar evaziga futbolchining transfer narxini kamaytirishga rozilar.
Chili terma jamoasi darvozaboni Klaudio Bravo Amerika Kubogi finalidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. “Men hamisha Amerika Kubogining bosh sovrinini boshim uzra baland ko'tarishni orzu qilardim. Bu orzuim amalga oshdi. G'alabani butun xalqimizga bag'ishlaymiz. Braziliyadagi Jahon chempionati bizga katta tajriba maktabi bo'ldi. Penaltilar seriyasidan oldin jamoadoshlarimga argentinaliklar ikkita penaltini ura olishmaydi, deb aytgandim”, - deydi Bravo.
“Real” klubining sobiq futbolchisi Roberto Karlos Hindistonning “Deli Dinamos” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Braziliyalik mutaxassis klub bilan necha yilga shartnoma imzolagani hozircha ma'lum qilinmayapti. “Deli Dinamos” Hindiston Superligasining birinchi davrasini 5-o'rinda yakunladi. Ikkinchi mavsum oktyabr oyida boshlanadi. Karlos ana o'shanda bosh murabbiy sifatida ilk rasmiy o'yinini o'tkazadi.
Показать ещё