21 - mart Navro'z ayyomi bilan sizni chin yurakdan muborakbod etaman.
Navro'z yangi kun, yangilanish kuni. Ushbu kunda sizga dunyodagi eng ezgu va pok niyatlarni tilab qolaman. Barcha niyat qilgan ishlaringiz amalga oshishida tilakdoshman. Ana shunday ajoyib kunda sizga uzoq - umr, sihat - salomatlik, oilangizga tinchlik - hotirjamlik, o'qish va ishlaringizda omad tilayman. Eng ajoyib bayram Navro'z sizga xursandchilik, quvonch, baxt - omad keltirsin deb niyat qilib qolaman. Yana bir bor bayram muborak bo'lsin