Xabaringiz bor, 18-may kuni Superliganing 8-turiga start beriladi. Shu kuni “Andijon” klubi “Bobur arena”da “Metallurg”ni qabul qiladi.
Mazkur klublarning ham oʻzaro oʻyinlar tarixi mavjud.
Jamoalar Oʻzbekiston chempionatlari tarixida shu kunga qadar 42 bor maydonda bellashishgan. “Andijon”da 13, “Metallurg” hisobida 18 ta gʻalaba bor. Yana 11 ta oʻyinda kuchlar teng kelgan. Toʻplar nisbati 61\69 mehmonlar foydasiga.
“Andijon” va “Metallurg” klublari ilk bor 1998-yilning 8-iyun kuni Andijonda kuch sinashishgan. Oʻshanda mezbonlar 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. Oʻtgan yili “Andijon” “Metallurg”ni 5:0 hisobida tor-mor keltirgan. Ikkinchi davrada Bekoboddagi oʻyinda maydon egalari 2:0 hisobida ustunlikka erishishgan.
Eslatib oʻtamiz, Superliganing 8-turidan oʻrin olgan “Andijon” – “Metallurg” bahsi 18-may kuni soat 19:00 da boshlanadi.
Demak, barcha futbol ishqibozlarini 18-may kuni “Bobur arena”da kutib qolamiz.
😃😃😃😃😃😃 | 😁😁😁😁
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев