• Класс
bugun buyuk bobomiz Amur Temurning tavalud topgan kuni
Dono vazir shuddirki, o‘z o‘rniga qarab, goh qattiqqo‘llik, gohida esa muloyimlik bilan ish yuritadi. Bunday vazir ortiqcha qattiqqo‘llik ham qilmaydi, ko‘p muloyimlik bilan yumshab ham ketmaydi. Agar ko‘p muloyimlik qilsa, dunyotalab, ta’magir odamlar uni yutib yuboradilar. Agar ortiqcha qattiqlik ishlatsa, undan qochadilar va unga boshqa murojaat qilmaydilar. Demak, dono vazir shuldirki, saltanat korxonasining ishlarini eng to‘g‘ri chorayu tadbirlar qo‘llab, yaxshi anglagan holda amalga oshirib, davlatni tartib-intizomga keltiradi. 
                           BUYUK SHAXSNING DONO O’GITLARI Amir Temur — buyuk shaxs: kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. U Buyuk insonning murakkab va tashvishlar bilan to‘lib-toshgan hayoti va faoliyatini kichik bir maqolada, hatto juda qisqa va umumiy tarzda bo‘lsa-da, bayon qilib bo‘lmaydi. Amir Temurning tarixi ko‘p jilddik kitoblar yozishga arziydi. Lekin ming afsuski, bizlar — buyuk amirning vatandoshlari, bu ishni hozirgacha eplolmadik. To‘g‘risi, buni qilish imkoniga ega bo‘lmadik, chunki ko‘hna tariximiz, ulug‘ ota-bobolarimiz haqida bizlarni churq
AMIR TEMUR O’GITLARI                                          Toshkent                                          «O’zbekiston»                                           2007 Qo‘lingizdagi ushbu kitob O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi, yirik sharqshunos olim Bo‘riboy Ahmedov (1924—2002) va jurnalist Akrom Aminov tomonidan 1992 yilda nashrga tayyorlangan edi. O’tgan yillar davomida mamlakatimizda sohibqiron Amir Temur bobomizning o‘lmas xotirasini tiklash, beqiyos hayoti va faoliyati hamda boy merosini o‘rganish borasida juda katta ishlar amalga oshirilayotganidan jamoatchiligimiz yaxshi xabardor. Mazkur kitob ko‘p sonli o‘quvchilarning istaklarini inobatga olib qayta nas
Kimki Muhammad dinini qo‘llab-quvvatlasa, sen ham uni qo‘llagil, kimki, Muhammad dinini xor qilsa, sen ham uni xor tutgil.
Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur. 
Yaxshilarga — yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdim.
Показать ещё