#NEWS
Words from the Prime Minister of Malaysia
As previously reported, Malaysian Prime Minister Anvar Ibrahim visited the Imam Bukhari International Research Center on May 18.
After talking with the management and scientific staff of the center and getting acquainted with the museum, the distinguished guest signed the book of honorable guests...
#SUNANI DORIMIY (https://t.me/bukhariuz/15481)
#Infografika
219. Atodan rivoyat qilinadi:
“U: “Allohga, Rasulga va oʻzlaringizdan boʻlgan ish egalariga itoat etingiz!” oyatidagi “ish egalari” iborasini “Ilm va fiqh egalari”, deb, “Rasulga itoat etish” iborasini Kitob va sunnatga ergashish”, deb tafsir qildi.
Izoh: Bu oyatdan Alloh va Rasulining buyruqlariga itoat qilish bilan birga musulmonlar oʻzlaridan boʻlgan din va davlat boshliqlariga ham itoat qilishi vojibligi maʼlum boʻladi. Modomiki, rahbar yoki ota-ona gunoh ishlarga buyurmas ekan, ularga itoat etish sharʼan vojibdir (Tahoviyning “Aqoidi”ga qarang).
#Yangiliklar #Xalqaro_aloqalar
Malayziya Bosh vazirining dil soʻzlari
Avval xabar qilinganidek, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 18-may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.
Markaz rahbariyati va ilmiy jamoasi bilan muloqot va muzey bilan tanishuvdan soʻng oliy martabali mehmon Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.
Unda Anvar Ibrohim Imom Buxoriy siymosiga koʻrsatilayotgan ulkan ehtirom uchun Oʻzbekiston Prezidenti va hukumatiga minnatdorlik bildiradi....
#Videolar
📝 Markazga Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tashrifi tafsilotlari
🎞 YouTube da: https://youtu.be/dz5toFUrskE
♾ (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇
bukhari.uz/?p=35544&lang=oz
00:52
malayz
20 просмотров
#Maqolalar #Buxoriyga_ehtirom #Hadis
IMOM BUXORIY ILMIY MEROSIDA INSON SALOMATLIGI VA GIGIYENASIGA EʼTIBOR
Imom Buxoriy inson salomatligi va unga oid gigiyenik masalalarga alohida ahamiyat qaratib, ularni batafsil yoritishga harakat qilgan. “Sahihul Buxoriy” toʻplamiga 75 bobdan iborat “Tahorat kitobi”, 29 bobdan iborat “Gʻusl[1] kitobi”ni ham kiritgan. Muhaddis alloma keltirilgan bu hadislar orqali butun bashariyatni, eng avvalo, poklikka chaqirgan. Abu Hurayra roziyallohu anhu tomonidan rivoyat qilingan “Poklik imonning yarmidir” mazmunidagi mashhur hadisda inson mukammal imonga ega boʻlishi uchun avvalambor tozalik va ozodalikka qatʼiy amal qilishi shart ekani uqtirilgan...
#Yangiliklar #Seminar_trening
📝 «TURK ABRUSI TARIXI»
🫥 22-may, 2024-yil soat 10:00 da
📍 Oʻtkazish joyi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
👤 Dr. Sumayra Oʻjak Ahmad
Marmara universitetining Ijtimoiy fanlar instituti Islom tarixi va sanʼati boʻlimi mudiri, ilohiyotchi olima (Turkiya)
👨‍🏫 Seminarga qoʻlyozmalar bilan shug‘ullanuvchi tad­qiqotchi, doktorant va barcha qiziquvchilar taklif etiladi.
☎️ Murojaat uchun telefon: +998937277773
#Maqolalar
USTOZNING SHOGIRDIGA DEGANLARI
Oʻn yettinchi dars. Tavba, qoʻrqish, umid, va sabr haqida.
Ey oʻgʻlim! Gunoh va xatolardan butunlay pok boʻlish faqatgina paygʻambarlarga xos. Qandaydir xato ishga qoʻl urib qoʻysang, darrov Alloh taologa tavba qilishga shoshil. Gunohingni kechirishini soʻrab duo qil.
Ey oʻgʻlim! Tavba bu faqatgina tiling bilan aytadigan soʻzing emas. Haqiqiy tavba Rabbingga yuzlanib, sodir etgan gunohingni eslashing, qilgan gunohing uchun belgilangan jazoga loyiq gunohkor bandaligingni bilishing, qilmishingga oʻta pushaymonlik hissini amalda koʻrsatishing, bunday yomon ishlarni qilmaslikka Alloh taologa vaʼda berishing, soʻngra oʻtgan gunohlaringni kechib yubori
#Videolar #YANGI_NASHR #Buxoriyga_ehtirom #Birrul_volidayn
📝 Imom Buxoriy qalamiga mansub “Birrul volidayn” asarining ilmiy va ijtimoiy ahamiyati
👤 Alouddin NEMATOV – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
🎬 👉 YouTube da: https://youtu.be/4GwH4HMe0Ew
♾ (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇
bukhari.uz/?p=35522&lang=oz
#MUSNADI KESHIY (https://t.me/bukhariuz/16060)
#Infografika
30. Toriq ibn Shihobdan rivoyat qilinadi:
“Yahudiylardan bir kishi Umarning oldiga kelib: “Ey moʻminlar amiri, kitobingizda siz oʻqiydigan bir oyat bor, agar u biz, yahudiylar jamoasiga nozil boʻlganida, oʻsha kunni bayram qilib olar edik”, dedi. Umar “Qaysi oyat ekan?” dedi. U: “Bugun diningizni kamoliga yetkazdim, neʼmatimni tamomila berdim va sizlar uchun Islomning din boʻlishiga rozi boʻldim”, oyati dedi. Shunda Umar: “Albatta, men bu oyat nozil qilingan kun va nozil qilingan makonni aniq bilaman. Bu oyat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Arafot (togʻi)da juma kuni nozil boʻlgan”, dedi”.
Показать ещё