Предыдущая публикация
Qiynoqlarga solaman.
Kuyinmagin, jonim-ov,
O‘zim yomon bolaman.
Meni tashlab ketar kim,
Jim termulib qolaman.
Sen qarama, sevgilim,
O‘zim yomon bolaman.
Meni bir zot tushunmas,
Men hammani tushuna olaman.
Hammaga qilib havas,
O‘zim yomon bolaman.
Birov qoya, birov tog‘,
Men bir tuproq — dalaman.
Tunlar o‘yladim uzoq,
O‘zim yomon bolaman...
O‘zim yomon bolaman,
Yuragi qon bolaman.
She’rdan boshqani bilmas
Muhammadjon bolaman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев