Balki bir kun kelib onasi olib ketar. Yig'lama bolajon ko'z yoshingni oqizma. Kutganing onang kelmas vaqting bekor ketqizma.
Balki yurak tubida yashar uni armonlar. Sani tashlab ketishga bordur asli sabablar. Ona bolasidan kechishi onson emas. Balki sani boqiwga waroit to'g'ri kelmas.
Balki sani och xolda xech ko'rishni istamas. Uzoqlarda bo'lsa xam hayolin sandan uzmas. Nima bo'lgan bo'lsaxam kun kelib qaytib qolar. G'amga to'la qalbingni quvonch egalab olar.
Tushlaringda doimo onang yoninga kelar. Sochlaringni siypalab tinim bilmay erkalar. Ko'zlaring ochgin kelmas ochsang onang ko'rmaysan. Qancha yoningda bo'lsa unga sira to'ymaysan.
Onajoning yagona o'zgasini suymaysan. Ishon bir kun kelib orzuinga yetarsan. Bolakayning qalbida xayqirar unsiz sado. Onajonim qaydadur aytgin yaratgan xudo.
Sog'ingan onasini ko'rgisi kelar doim. Bolajonga sabr ber tanho egam hudoyim. Axir unda ne gunoh so'zlari xam beg'ubor. Onasini ko'rmasa butun olam unga tor
Afsus bolajon bilmas onasi qaytib kelmas. U dunyo xam aslida boladan ajrotolmas. Ona ruxi kuzatar mittigina bolasin. Bola bilsa agarda yashagisi xam kelmas.
Esga oldi bolajon usha bahtli kunlarni. Onasi xam yonida ertak tinglar tunlarni. U tinglagan ertakni oxiri edi quvonch. Shu ertaklar sababli o'ziga bordur ishonch.
Vaqtlar o'tib ulg'aydi endi fikri o'zgacha Onasini sog'inib yashab keldi wu kungacha. Xali xamon sog'inar xar bir insondan izlar. Endi aniq biladi ona uni kuzatar.
Qo'ldan kelgancha yordam beradi insonlaga. Shu savoblar orqali ona kirar tushlariga. Tushlarida ko'radi onajonisin bola. Ertalab uyg'onadi mehrga to'ysa zora
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев