❤️🔥🪶QALBINGNI UYGʻOT❤️🔥🪶
20-qism. | VOZ KECHILISH!
«Qilgan ishlaringizga yaxshilab eʼtibor beringlar. Agar qilganlaringiz menga zarar keltiradigan boʻlsa, menga bergan zararingizdan ham kattarogʻi sizni kutmoqda degani!»
Bu boʻlim qoʻshigʻi: Phantogram-Black out days🦋
LARA VINCENT
Baʼzi yengilishlarning oʻzida bir muvaffaqiyat boʻlardi. Yengilib turib ham yengish mumkin edi. Hozir biz aynan shunday holatda edik. Mister Niqob bizni yengandi. U men oʻylaganimdan ham kuchli ekan. Men uning bu qadar kuchli boʻlishini taxmin ham qilmagandim. Lekin uning rejasini buzishga muvaffaq boʻlgandik. Tumor bizda edi. Glorianing tumori... Endi u oʻz kuchlarini qaytarib olardi. Tumorini unga tezroq berishimiz kerak.
-Uni qanday olding?-dedim Eymerga hayron qolgancha qarar ekanman.
-Hozir shu muhimmi?-degan Riverning ovozi bilan unga qaradim. Ming lanʼat! Jerald yaralangandi.
-Tezda saroyga borishimiz kerak. Hamma bu yerga kelsin. Koʻchish afsunini qilaman. Hamma bir-birini ushlasin-dedim. Eymer kelib mening tirsagimdan ushladi. Amelia va Dark ham River tomonga oʻtishdi. -Malika Sindi-dedim hali ham shokdan chiqmagan qizga qarab. Shunchaki bir joyga qarab qotib qolgandi. Xuddi robotga oʻxshardi. Umuman harakat qilmayotgandi. -Malika Sindi!-deb baqirdim unga qarab. Bir sapchib tushdi. Keyin esa menga qaradi. Bu qadar sovuqqon qizning kelgan ahvoliga qaranglar. Aynan hushyor turishi kerak boʻlgan vaziyatda oʻzini yoʻqotib qoʻyadigan kishilar eng katta zararni vaqtni yoʻqotgancha berishadi. -Tezda meni ushlang. Ketamiz-dedim. Aytganimni qildi. Hozir oʻzi nima qilayotganini ham bilmayotgandi. Jeraldga qaradim. Oramizda eng kuchlisi deb bilgan odamimni solishgan ahvoliga qaranglar. Bu yerda eng katta zararni Jerald koʻrgandi. Bunga esa men aybdorman. Uni olib kelmasligim kerak edi. Hech kimni olib kelmasligim kerak edi. Jerald deyarli oyoqda ham tura olmayotgandi. Koʻzlarimni yumdim. Shu zahoti oyoqlarimiz yerdan uzildi. Oyoqlarim yerga tekkanda esa koʻzlarimni ochdim. Saroyda edik.
-Tabibxona-dedim hammani turtib tashlab yurishda davom etgancha. Jeraldni River ikkalamiz qoʻltiqlab ketayotgan edik. -Soay xonim... U... U bizga yordam beradi-dedim. Iloji boricha tezroq tabibxonaga borishga harakat qilayotgandim. Jeraldga zarar yetishini istamayman. -Dark, sen bu yerda turma. Malika Amelia, Darkni olib keting. Uni bu yerda koʻrishmasin-dedim tezda. Keyin esa yana Jeraldni sudrashda davom etdim. River jimgina yurayotgandi. Gapirsa, portlashini koʻrib turgandim. Jeraldga biror narsa boʻlishidan oʻlgudek qoʻrqayotgandi. Buni sezib turgandim. -U yaxshi boʻladi-dedim Riverga. -Toʻgʻrimi, shahzoda Jerald?-deb Jeraldga qarab yurishda davom etdim. Tabibxonaga kelgandik. Hamma bizga qaray boshlagandi, men esa yana oʻsha xonaga yoʻl oldim. Soay xonimning yoniga. Bu xonaga yana ishim tushgandi, ammo bu safar men uchun emasdi. Xonaga kirayotganimizda Jeraldning koʻzlarini ochganini koʻrdim. Terlab ketgandi. Koʻzlarini ham zoʻrgʻa ochgandi. Yaralangani yetmagandek, Soyalar tumorini unga taqishgandi. Yotoq tomonga uni sudrar ekanmiz, zoʻrgʻa oʻzini oyoqda tutayotgandi.
-Menga qoʻyib ber, Lara-dedi River. Jeraldni mening qoʻlimdan oldi va yotoqqa oʻtqazdi.
-Shahzoda Jerald, biroz chidang. Men Soay xonimni topib kelaman-dedim va tezda xonadan chiqib ketdim. Ming lanʼat! Hamma mening ruh ekanimni koʻrgandi.
-Voy Xudoyim, arvoh!-deb baqirgandi tabibalardan biri. Hamma yerdan Soay xonimni qidira boshladim. Tabibxona kirishida uni koʻrganimda esa u tomonga yugurdim.
-Soay xonim!-dedim yoniga birar-bormas. Hamma meni koʻrib qoʻrqqandi, ammo u ifodasizlik bilan turaverdi. -Shahzoda Jerald...-dedim. Ana endi yuzida xavotir paydo boʻlgandi. Menga ham qarab oʻtirmay, xonaga yugurdi. Men ham ortidan bordim. Soay xokim ichkariga kirgani kabi toʻxtab qoldi.
-Jin ursin, unga nima qildingiz?-dedi tezda Jeraldning yoniga yugurib borib. -Uni Soyalar laʼnatiga mahkum qilibsiz!-dedi. Bilaman, aynan shunga pushaymonman-da! Mister Niqobga Soyalar tumorini taqish mening fikrim edi. Birdan eshik ochilib, ichkariga Sindi kirib keldi. Soay xonim darrov u tarafga qaradi. -Afsun egasi sizsiz, malika-dedi Sindiga. Buni aytmasak ham, qanday payqagandi? Sindi eshik yonida qotib qolgandi. Soay xonim unga qarab koʻp vaqtini yoʻqotmadi. Menga qaradi. -Tezda hamshira qizlardan ikkitasini chaqirib bu yerga olib kel. Daraxt shoxini chiqarishimiz kerak. Koʻp vaqtimiz yoʻq. Vaqtida harakat qilmasak, u oʻladi-dedi. Oxirgi gapini eshitgan zahoti oʻrnimdan sakrab turdim. Uning oʻlishini istamasdim. Uning ham oʻlishini istamasdim. Uni ham oʻldirishni istamasdim.
-Uni ham sen oʻldirasan, Lara!-degan ovoz bilan joyimda toʻxtadim. Ming lanʼat! Hozir emas!
-Siz bilan keyin hisoblashaman, Linda xonim-dedim unga javoban va tezda xonadan otilib chiqdim.
Atayin mening vaqtimni olishayotgandi. Vaqtimni zoye ketkazib, bor umidni ham yoʻq qilishimni istashyotgandi. Hech qachon ogʻir vaziyatlarda oʻzini yoʻqotib qoʻygan odamlar toifasidan boʻlmaganman. Chiqishim bilan hamma menga qaradi.
-Hoziroq orangizdan eng yaxshi ikkitangiz Soay xonimga yordam berasiz-dedim.
-Bir ahvohdan buyruq olamizmi?-dedi oralaridan biri.
-Yoʻq, bir malikadan buyruq olasan-dedim uning ustiga bostirib borar ekanman. Keyin esa bir qoʻlimni koʻtargancha kaftimda olov paydo qildim. -Agar shahzoda Jeraldga bir narsa boʻlsa, alamimni sizlardan olaman, qizlar. Shuning uchun oʻylab ish qiling. Jahlim chiqqanda juda yaxshi malika boʻlaman deb oʻylamayman!-dedim. -Tezda!-deb baqirdim. Tezda ikkitasi ichkariga kirib ketdi. Oʻzlaricha meni pisand bilmay, yerga urishmoqchi. Meni osonlikcha yerga urolmaysizlar. Men sizlarga yerga urish qandayligini koʻrsatib qoʻyaman. Qoʻlimdagi olovni soʻndirib, tezda men ham ichkariga kirdim. Jeraldning ogʻriqdan oʻtira olmayotganini koʻrdim.
-Tezda qolganlar tashqariga!-dedi Soay xonim. Sindi noiloj tashqariga chiqqandi. River esa doʻstiga qaradi.
-Agar hozir oʻlmoqchi boʻlsang, mendan yaxshilik kutma, doʻstim. Sening ortingdan borish uchun bir soniya ham oʻylab oʻtirmayman-dedi River. Keyin esa hech kimga qaramay, xonadan chiqib ketdi. Ularning doʻstligi havas qilgulik edi. Shahzoda Jeraldning yoniga bordim.
-Agar oʻlmoqchi boʻlsangiz, buni keyinga qoʻyib turing. Men ketgandan keyin oʻlishingiz mumkin. Bu yerda ekanman, sizga bergan bir vaʼdam bor. Siz oʻlimga yaqinlashganingizda oʻz jonim evaziga boʻlsa ham, sizni saqlab qolaman degandim. Shahzoda Jerald, men hazillashmagandim. Agar shunday qilmoqchi boʻlsangiz, men buning bir yoʻlini topaman va bilishingiz kerakki, hali yashash umidim bor. Shunday goʻzallikning shunchaki oʻlib ketishiga izn bermasangiz kerak-dedim. Javob berishini kutmay, eshik tomon yurdim.
-Goʻzal emassan, soxta malika-degan ovozini eshitdim. Hozir shu yaralangan odam ekaniga shukur qilsin. Agar shu holatda boʻlmasa, uni oʻzim oʻldirardim.
-Buni sogʻayganingizdan keyin yana bir marta ayting, oʻshanda koʻrsataman sizga-deb chiqib ketdim. Biz eshik yonida kutayotgandik. Biz chiqqach, ikki yoki uch daqiqa oʻtgach, Jeraldning ogʻriqdan azob chekayotganini bildirgan ovozlar chiqdi. Faryod solmayotgandi, lekin jim ham tura olmayotgandi. Bir chetda turgan Sindiga qaradim. Uni hech qachon bu holatda koʻrmagandim. Riverning unga qarayotganini koʻrdim. Keyin esa Sindining yoniga sekin yura boshladi. Men Riverning unga sening aybing emas deyishini kutarkanman, Riverning qilgan ishi meni hayratda qoldirdi. Koʻrsatkich barmogʻini qizga tiragancha gapirayotgandi.
-Agar sening Jeraldga bu qadar zarar keltirishingni bilganimda edi, u nima desa desin, uni yaqininga ham yoʻlatmasdim-dedi qizga gʻazab bilan qarar ekanman. Gaplarini sokinlik bilan aytayotgandi, lekin gʻazab ufurib turgandi. -Endi qaysi yuz bilan bu yerga kelding? Uning oʻrnida sen boʻlishing kerak edi! Lekin uning tushgan ahvoliga qara. Oʻzi yaratgan narsasini ham tuzata olmaydigan zaif-dedi River.
Men Riverdan bunday harakatni aslo kutmagandim. Menimcha, Jeraldning yaralangani uchun ayblash uchun odam qildirayotgandi.
-Shahzodam River!-dedim men uning qarshisiga chiqib. Sindini ortimga oʻtkazdim. -Agar bir aybdor qidirayotgan boʻlsangiz, bu menman. Sindiga tumor taklifini men verdim, shahzoda Jeraldni ham u yerga men yetakladim. Mister Niqobning gʻazabini ham men qoʻzgʻatdim. Xoʻsh, bu yerda men yagona aybdor koʻryapman. Oʻzim... Malika Sindi aybdor boʻlmagan holda oʻzini aybdor his qilishini istamayman. Shuning uchun gaplaringizga shu yerda yakun yasang. Ahvolini koʻrmayapsizmi? Zotan, shahzoda Jerald uchun xavotirda. Buni battar qilmoqchimisiz? Aybsiz birini aybdor qilib, vijdoningizni poklamoqchimisiz? Men bunga izn bermayman. Siz nimalarni his qilayotgan boʻlsangiz, u ham shularni his qilyapti. Jim qoling, yoʻqsa, ovozingizni oʻchirishni juda yaxshi bilaman-dedim va Sindining qoʻlidan tutib, tashqariga yetakladim. -Davolash tugaganda xabar bering-dedim Riverga va javobini ham kutmay, tashqariga chiqdim. Sindining oʻzini ayblashiga yoʻl qoʻya olmayman. Bu mening aybim edi. Zotan, qizning hayoti dabdala. Battar murakkablashtirishga hojat yoʻq.
-Malika Sindi, oʻzingizga kelishingiz kerak-dedim unga tashqariga chiqishimiz bilan bir chekkaga tortgancha. Mening ruh ekanimni hammaning bilishi shart emasdi. Garchi gʻiybatchi tabibalar jim turgan boʻlsa, albatta.
-La-lara, agar meni deb unga nimadir boʻlsa, men nima qilaman?-dedi titragan ovozi bilan. Gapirish davomida esa bir marta ham yuzimga qaragani yoʻq. Faqat bir nuqtaga tikilib turgandi. -U oʻlsa-chi? Uni oxirgi marta koʻrayotgan boʻlsam-chi? O-oxirgi marta meni bagʻriga bosgan boʻ-boʻlsa-chi? Bu-bu bir vidolashuv b-boʻlsa-chi?-deb titray boshlagandi. Qoʻllarimni uning egniga qoʻydim.
-Malika Sindi, oʻzingizga keling. Hech biri sizning aybingiz emasdi. Hammasi men tufayli boʻldi. Shahzoda Riverning gaplariga eʼtibor bermang. Bilasiz, ular Shahzoda Jerald bilan yaqin doʻst. Doʻsti uchun xavotirda boʻlgani uchun shu ahvolda. Birozdan soʻng kechirim soʻrashiga aminman.
-Ammo meni deb boʻ-boʻldi-dedi yana. Hamma narsaga oʻzini ayblashga oʻrganib qolgan. Qirol Erikni qaytgan zahotim tovbasiga tayantirmasam, meni Lara demasinlar!
-Sizni deb emas. Ahvolingizga bir qarang. Sizningcha, shahzoda Jerald bu holingizni koʻrib mamnun boʻladimi? Oʻzingizni ayblaganingizni koʻrib, u quvonadi deb oʻylaysizmi? Siz shahzoda Jeraldni hechmi tanimadingiz? Sizningcha, u osongina jon beradimi?
-U yashaydi, shundaymi?-deb boshini koʻtarib, menga qaradi.
-Albatta, yashaydi. Uning boʻsh kelmasligini juda yaxshi bilasiz. Agar oson yengilganida edi, uch yildan beri sizdan umid qilmasdi. Umidini uzgan boʻlardi, ammo u harakat qilishni tanladi. Endi ham osongina yengiladi deb oʻylamayman-dedim. -Endi esa oʻzingizni qoʻlga oling!-degancha undan biroz uzoqlashdim. -Xonangizga boring. Davolash tugaganda sizga oʻzim xabar beraman. Qirol Erik bu ahvolingizni koʻrmasin. Yana bir balolar topib, sizga shiddat...-deb toʻxtadim. Tilimni tishladim. Ming lanʼat! Shu tilim nega menga pand berib qoʻyadi?! Sindi darrov menga qaragandi.
-Se-sen buni qayerdan bilasan?-dedi.
-Nimani? Men nima dedimki?
-Lara, toʻgʻrisini ayt. Sen qayerdan bilasan buni?-dedi.
-Kecha koʻrinmas boʻlib, shahzoda Jerald va sizni yaqinlashtirishga uringandim. Olovlar tasodif emasdi. Shahzoda Jerald ketdi, lekin men nega otangizdan bu qadar qoʻrqqaningizdan shubhalanib, ortingizdan kirdim.
-Uning qoʻllarini sen yoqding-dedi aqliga kelganlar bilan.
-Keyingi safar bundan battarlarini ham qilishimga ishonchingiz komil boʻlsin-dedim.
-Hech narsa qilmaysan-dedi. -Buni unut, Lara. Hech koʻrmagandek tut oʻzingni.
-Nega endi? U sizni uryapti, malika Sindi-dedim.
-U mening otam, Lara.
-Hech unday koʻrinmayotgandi, lekin. U sizga achinmaydi ham, lekin siz uning yonini olyapsiz. Xoʻsh, nega jimligingizning sababini aytishni istamaysizmi?-dedim.
-Buni unut-deb qochishga urindi. Tezda zinalar tomon yura boshladi. Keyin aqliga bir narsa kelgandek toʻxtadi. -Buni Jeraldga aytdingmi?-dedi. Ming lanʼat! -Shuning uchun mendan qochyaptimi?-dedi.
-Yoʻq, hech kimga aytmadim-dedim. Jerald oʻziga kelsa, unga tushuntirardi. Hozir Jeraldga aytganimni bilsa, Jerald unga achinyapti deb oʻylashi mumkin edi. Jerald ham uni quvlamay qoʻydi, Sindi ham voz kechsa, hammasini barbod qilish niyatim yoʻq.
-Tushunarli, rahmat, Lara-dedi va tezda zinalardan chiqib ketdi. Ming lanʼat! Shu soʻzni nega aytaverishadi? Jeralddan xavotir olayotgandim, ammo River bilan qarshilashishni istamayotgandim. Shuning uchun ichkariga qaytmadim. Jerald oʻziga kelsa, xabar berishardi. Eymerni qidira boshladim. Uning ahvolining ham yaxshiligiga shubham bor. Indilani oʻldirgan odam Mister Niqob ekanini oʻrgangandi va uni qoʻldan chiqargandi. Hozir yomon ahvolda boʻlsa kerak. Hamma yerdan uni qidira boshladim. Albatta, buni qilarkan tumor qoʻlimda edi. Ortiqcha odamlarning ruh ekanimni koʻrishiga hojat yoʻq edi. Eymerni hamma yerdan qidirdim, ammo hech qayerda yoʻq edi. Amelianing xonasiga kirdim.
-Malika Amelia-degan zahotim xonada Darkning borligini ham koʻrdim. Albatta, tumorni taqish yana esimdan chiqqandi. Dark uning xonasida nima qilyapti? Bu yigit maslahatlari bilan yuvosh Amelianing miyasini achityapti.
-Seningcha, shahzoda Jerald yaxshi boʻladimi?-dedi Amelia oxiri jimlikni buzib.
-Agar tuzalsa ham, u Soyalar afsuniga uchradi. Hayoti oldingidek boʻlishiga shubham bor-dedi Dark. Bular ham juda yaqinlashib qolibdimi? Tezda tumorni boʻynimga taqdim.
-Ey Xudo!-deb Amelianing oʻrnidan sapchib turganini koʻrdim. Yuzi darrov oqarib ketgandi. Bu holatiga kuldim. -Lara, yuragimni yording. Qachon bu yerga kelding?-dedi.
-Sen gapirishni boshlaganingdan beri shu yerda edi-dedi Dark.
-Sen bu yerda ekanimni bilganmiding?-dedim.
-Uchin yurgan tumorlarni har kun ham koʻravermayman, afsungar qiz-dedi.
-Ajoyib. Sizdan bir narsa soʻrayman. Nega siz bir xonada oʻtiribsiz? Darkning oʻzining xonasi yoʻqmi?-dedim qoshlarimni chimirib.
-Nima boʻldi, afsungar qiz? Rashk qilyapsanmi?-dedi Dark kesatib.
-Yoʻq, nega qizgʻanay? Shunchaki siz qachon bu qadar yaqin boʻlib qoldingiz, shunga qiziqdim-deb tugalladim gapimni.
-Meni Alfatusni tinchlantirish uchun xonasiga kirgizishdan oldin oʻylashing kerak edi buni. Nima qilay, sen va undan boshqa hech kim bilan chiqisha olmasam?-dedi.
-Sen ham qoʻrssan-dedim.
-Aynan-dedi.
-Hech kimga yoqmaysan-dedim.
-Aniq.
-Yurgan yoʻlingda dushman orttirib yurasan-deb davom etdim.
-Toʻgʻri.
-Shuning uchun ham egizagimsan-da-deb kuldim.
-Daf boʻl, afsungar qiz-dedi.
-Oʻzing menga uni yashirishimni aytding. Men ham oʻtiribman-dedi Amelia.
-Sizning tilingiz chiqibdi-dedim unga 'hali koʻrasiz' degandek bosh irgʻib.
-Oldin ham bor edi-dedi.
-Bor edi, ammo chiqmasdi. Mana buni deb chiqibdi-deb qoʻlim bilan Darkni koʻrsatdim.
-Sening darding nima, afsungar qiz? Alfatusni jerkib berdim, unga ham yoqib kul qilaman deding. Endi yaxshi chiqishyapmiz deb ham yoqasanmi?-dedi.
-U boshqa, bu boshqa-dedim.
-Boshqa emas, u toʻgʻri aytyapti-dedi Amelia. -Sen oʻzing aytmadingmi, oramizda masofa boʻladi, siz bilan doʻst boʻlmayman deb? Men ham oʻzimga senga oʻxshagan boshqa doʻst topdim-dedi. Rostdan tili chiqibdi.
-Doʻst emasmiz. Men hech kim bilan doʻst boʻlmayman-dedi Dark.
-Lara qiliqli-dedi Amelia unga yuzini burishtirib.
-Men oʻzimdekman, afsungar qiz menga oʻxshasa, bu mening aybimmi?-dedi.
-Sen menga oʻxshaysan, boʻritus. Asabimni buzma-dedim.
-Aslida sen mening asabimni buzma. Ayolsan deb jim qolyapman, ammo juda asabga tegyapsan-dedi Dark.
-Nima qilasan? Tishlab olasanmi?-dedim.
-Sinab koʻrishni istaysanmi?-dedi hech qoʻrquvsiz menga qarab. Hech narsadan qaytmasligini bilardim.
-Shunday qilgan zahoting yoqib kul qilaman-dedim qatʼiy ovozda.
-Kelishdik, lekin sen ham ajalingni kutib yotgan boʻlasan. Mening oʻlimim ogʻriqsiz boʻladi, ammo sen azob chekib oʻlasan, afsungar qiz. Chunki seni davolash uchun u paytda men boʻlmayman. Oʻz oyogʻinga oʻzing bolta urgan boʻlasan-dedi eʼtiborsiz ohangda.
-Azoblanib oʻlishmi?-dedim.
-Aynan-dedi.
-Sen oddiy oʻlimga loyiq emassan, Lara. Sen azob chekib oʻlishing kerak. Azobdan chiday olmaydigan darajada faryod qilishing kerak!-dedi oʻsha ayol ovozi.
-Bu unchalik oson boʻlmaydi, Linda xonim. Men sizning ogʻriqsiz oʻlishingizga ruxsat berar ekanman, siz achinmayapsiz ham-dedim unga javoban.
-Sen ikki kishining oʻlimiga sababchi boʻlding!-deb baqirdi erkak ovozi.
-Pushaymon emasman, yana qilishim kerak boʻlsa, yana qilardim. Bilasiz-ku, oʻz hayotim eng muhimi-dedim. -Aqlimdan yoʻqoling!-deb ularni yana haydab soldim.
-Lara-dedi Amelia. Zehnimdan ikkisini haydab, Ameliaga qaradim.
-Nima?-dedim.
-Sen oʻzing bilan gaplashyapsan-dedi.
-Nima?-dedim hayron qolgancha. Qachon unday qildim?
-Hozirgina kimdir bilan gaplashgandek oʻzing bilan gaplashding!-dedi.
-Boʻlmagʻur gaplarni qoʻying. Men unday qilganim yoʻq. Sizning yoningizgs boshqa narsa uchun keldim. Eshikdan kirishim bilan qanday qilib yoningizda birov bilan gaplashaman?-dedim.
-Sen bu yerga eshikdan kirmading, afsungar qiz-dedi Dark. Nimalar deyapti?!
-Hozirgina eshikdan kirib keldim axir-dedim.
-Hozir biz ikkimiz janjallashdik, eslaysanmi?-dedi.
-Men ichkariga hozir kirdim, Dark. Sen bilan kiriboq qanday janjal qilishim mumkin?-dedim. -Aqlingizni yoʻqotibsiz. Men sizdan Eymerni soʻramoqchi edim. U qayerda?-dedim. Ikkisi ham menga hayron qolgandek qarab turgandi. Nega bunday deyishyapti? Axir hozirgina tumorni boʻynimga taqib, eshikdan kirib keldim-ku.
-Aqling eslashing kerak boʻlmagan narsalarni unuttirdi. Shuning uchun hozir boʻlganlarni ham unutding, Lara-dedi Amelia bir narsalarni tushungandek.
-Unday boʻlishi mumkin emas-dedim. -Eymerning qayerda ekanini bilasizmi? Agar bilmasangiz, men ketdim-dedim eshik tomon yurib.
-U bogʻda boʻlishi kerak. Yolgʻiz qolmoqchi ekanini aytgandi-dedi Amelia ortimdan. Xonadan chiqib, eshikni yopdim. Meni ahmoq deb oʻylashyaptimi? Nega unutay? Mening aqlimda hamma narsa joy-joyida. Agar imkonim boʻlganda edi, ularni oʻz zamonimga olib borib, psixologga koʻrsatib yuborardim.
Shunday boʻlsa-da, ularning ahmoqligiga eʼtibor bermay, tezda bogʻga chiqdim. Bogʻga chiqqanimda esa Dark va Amelianing toʻgʻri aytganini, Eymerning bogʻdagi gulzor yonida oʻtirganini koʻrdim. Qoʻlida esa Glorianing tumori bor edi.
-Eymer!-dedim uning yoniga borib oʻtirgancha. -Yaxshimisan? Jerald bilan boʻlib, sening qanday ekaningni soʻray olmadim-dedim undan javob kutgancha.
-Qanday boʻlishim mumkin, Lara? Sevgan ayolimni oʻsha yaramas oʻldirganini bildim, ammo hech narsa qila olmadim. Hatto yuziga bir musht ham tushira olmay, yengilib oʻtiribman. Qanday his qilishim mumkin?-dedi menga qaragancha.
-Bunday fikrlash sening ahmoqligingdan-dedim yelkamni silkitgancha. -Shunday oʻylashda davom etsang, yaqinda seni jinnixonaga yotqizishimizga toʻgʻri keladi-dedim.
-Jinnixona?-dedi savol bergandek ohangda.
-Aqldan ozganlarni tutib turishadigan tabibxona-dedim tushunishi uchun.
-Buning menga nima aloqasi bor?
-Axir koʻp oʻylayverib, miyangni gangitib yuborasan, Eymer. Masalaga ijobiy tomondan qara. Men yoningizda ekanman, yengilsang ham, gʻalaba seniki boʻladi. Sen xavotir olma. Qara, uning maqsadiga yetishiga toʻsqinlik qilding. Masalaga bir bor shu tarafdan ham nazar tashla. U kitobni ham olib, niyatiga yetishi mumkin edi. Toʻrtta unsurni butunlashtirib, yengib boʻlmaydigan darajada kuchli boʻlib ketishi mumkin edi, lekin sen bunga yoʻl qoʻymading. Tumorni undan olding. Endi u hech narsa qila olmaydi. Sen oramizdagi unga qarshi tura olgan yagona odamsan. Qolganlarimiz hech narsani uddalay olmadik, ammo sen hammamizni hayron qoldirding. Endi u maqsadiga erisha olmaydi. U yana bizni qidirib keladi. U tumorni qidirib keladi. Tumorni Gloriaga qaytarish kerak. Keyin esa uning yonidan jilmaslik kerak, chunki aynan shuni olish uchun u yana qarshimizga chiqadi. Balki uni ushlarmiz. Ushlasam, albatta, uni sen oʻldirishinga izn beraman. Shunda aybimni yuvgan hisoblanaman-dedim.
-Lara...
-Ammo uni oʻldirayotganingni tomosha qilmasam, boʻlmaydi-deb kulgancha egnidan turtdim.
-Lara...
-Tushundim. Mayli, oʻzing oʻldiraver.
-Lara, men buni nazarda tutmadim-dedi gapimni boʻlib.
-Nimani nazarda tutding unda?-dedim unga qarab.
-Lara, kechir, uning oʻlimida sening aybing yoʻq edi. Bu yerda oʻtirib koʻp oʻyladim. Oʻsha kuni oʻzimds emasdim. Senga ogʻir gaplar aytdim. Buning ustiga, yetmagandek bu gaplarning hech biri senga taʼsir etmasligini iddio qildim. Shunda ham sen jahl qilib, ogʻir gapirish oʻrniga pushaymon ekaningni aytding. Bu masalada oʻzingni ayblashingni istamayman. Sening aybing emasdi. U oʻlganidan keyin sen uning tanasiga joylashgansan. Men buni ertaroq tushunmaganim uchun afsusdaman. Meni kechir-dedi. Hayron qolmadim deya olmayman.
-Tushunarli. Men hayotimda hech kim bilan bunday taʼsirli suhbat qurmaganman, shuning uchun nima deyishni bilmayman-dedim.
-Aynan shu toʻgʻrisoʻzliging menga yoqadi-dedi.
-Oʻzimga ham yoqadi-deb sochlarimni ortimga otdim.
-Lara?
-Nima?-deb unga qaradim.
-Hozir seni bagʻrimga bosgim kelyapti-dedi kulgancha.
-Aqlinga ham keltirma, seni oʻl...-gapimning davomini aytmasimdan oldin oʻzimni uning bagʻrida topgandim. -Eymer, qoʻyib yubor!-dedim itarishga harakat qilib.
-Qani, sen ham meni bagʻringa bos, Lara. Doʻstingman axir-dedi. Qani, sen ham meni bagʻringa bos... Men buni qila olmayman...
-Doʻsting emasman!-dedim. Keyin esa yana itardim. Urinishlarim befoyda edi. Uning kuchli qoʻllaridan qutulish yoʻq edi. -Nega bu qadar kuchlisan, laʼnati, seni nima bilan boqishgan?-dedim. Itarishlarim befoyda boʻlgani uchun harakatsiz turgandim. Lekin uni quchmagandim. Buni hech qachon qilolmasam kerak. Birini bagʻrimga bosishmi? Aslo!
-Demak, kelishganman-dedi u ham yana hazilkash Eymerga qaytib.
-Yoʻq, gorillaga oʻxshaysan-dedim.
-U nima, Lara?-dedi.
-Maymunning bir turi-dedim.
-Lanʼati qiz, meni maymunga oʻxshatdingmi?-dedi.
-Qoʻyib yuborsang, oʻxshatmayman-dedim.
-Bagʻringa bossang, qoʻyib yuboraman-dedi u ham. Unga qanday tushuntirish mumkin?
-Eymer...
-Eshitaman?
-Men birini bagʻrimga bosa olmayman...-dedim. -Buni qila olmayman...
Bu gapimdan keyin meni qoʻyib yuborishini, uzr soʻrab ketishini oʻylagandim, ammo u teskarisini qildi.
-U holda, sening oʻrninga ham seni oʻzim bagʻrimga bosaman, Lara-dedi ovozini yumshoq chiqarib. Keyin esa boshimni ham koʻksiga tayab, meni bagʻriga bosdi. Bu ish bora-bora chigallashib ketyapti. Bu vaziyatimizdan hech mamnun emasman!
-Meni boʻgʻib qoʻyasan, qoʻyib yubor-dedim.
-Seniki kelyapti, jim tur-dedi.
-Menikimi?-dedim.
-Ha, seniki-dedi.
-Nima ekan u meniki?-dedim boshimni koʻtarishga harakat qilib, lekin Eymer yana meni koʻksiga yopishtirdi.
-Nima emas, kim-dedi. Aniq kulayotgandi ablah! Toʻxta, seniki dedimi? U kim boʻlishi mumkin? Ming lanʼat!
-Shahzodam Rivermi?-dedim yana bir marta boshimni tortib. Ammo bu urinish ham befoyda boʻldi. Eymer meni yana koʻksiga yopishtirdi.
-Seniki desam, darrov bilasan-a?-deb miyigʻida kuldi. -Endi unga seniki deyman-dedi.
-Seni oʻldiraman, Eymer. Meni qoʻyib yubor-dedim. Keyin esa qoʻllarim bilan itardim.
-Jim tur, Lara. Biroz senikining rashkini sinaymiz-dedi.
-U meniki emas!-dedim.
-Toʻgʻri, shusiz ham meniki demadim, seniki dedim-dedi. Soʻz oʻyini qilyapti, ablah!
-Toʻgʻri, u meniki emas, seniki-dedim men ham boʻsh kelmay. -Aynan seniki, Eymer. U seniki-dedim.
-Ming laʼnat! Oʻz oʻqim bilan meni yaralamoqchimisan?-dedi.
-Aynan-dedim.
-Bu yerda nima qilyapsizlar?-degan Riverning ovozi bilan Eymerni yana bir marta itardim. Yuqoridan bizga qarayotgandi. Eymer meni yana koʻksiga tortdi. Qarshilik qilayotgan qoʻllarimni ham ushladi.
-Oʻtiribmiz, shahzoda, nima boʻldi?-dedi.
-Shu holdami?-dedi bizni koʻrsatib.
-Holatimizga nima qilibdi? Bir-birimizga juda mos emasmizmi?-dedi. River hali ham jiddiyligini saqlayotgandi.
-Senga bir sir beraymi, sariqbosh-dedi River. Keyin esa biz tomon egildi. Eymerning qulogʻiga yaqinlashganda boʻyni menga toʻgʻri kelayotgandi. Egilishi bilan dengiz ifori dimogʻimni qitiqlay boshladi. Hech qanday atirdan foydalanmasa ham, qanday qilib bu qadar yoqimli hid taratishi mumkin? Nimalar deyapman oʻzi? Ming lanʼat! Ahmoq Amelia, aqlimga nimalarni keltiryapti! -Umuman mos emassizlar-degan ovozini eshitdim.
Eymerning qulogʻidan uzoqlashib, menga bir nazar tashladi. Menga uzoq vaqt qarab turmadi, tezda koʻzlarini tortdi va yana bizga tepadan qarashni boshladi. U oʻzini tortgan zahoti shokka tushib qolgan Eymerdan foydalanib, tezda uni oʻzimdan itardim va oʻrnimdan turdim.
-Notoʻgʻri tushundingiz, Shahzodam River. U meni majburlab bagʻriga bosdi-deb Eymerni koʻrsatdim.
-Kuppa-kunduz kuni sotildim, Lara-deb kuldi Eymer va u ham oʻrnidan turdi.
-Bilaman, Lara-dedi River.
-Nimani?-dedim.
-U seni majburlab bagʻriga bosganini-dedi.
-Qanday?-dedim.
-Sen quchoqlashishdan nafratlanasan, bu bir. Eymer seni sevmaydi, bu ikki. Uni itarayotganing, uning esa seni koʻksiga tortayotganini payqagandim, bu uch-dedi. -Xoʻsh!-deb men tomonga bir qadam tashladi. Oramizda bir qarichdan ham kam masofa qolgandi. Boʻyi uzun boʻlgani uchun yuzini yuzimga tenglashtirish uchun sekin egildi. Zimiston koʻzlari bilan menga tikila boshladi. Agar qochoq boʻlsam, hozirning oʻzida bir qadam ortga chekinardim, ammo bu mening tabiatimda yoʻq edi. Shuning uchun bezbetlarcha turaverdim. Ming lanʼat! Ichimda yana kapalaklar uchyapti! Bu endi nimasi? Oʻrgimchaklarlar in qurgani yaxshiroq edi. Kapalaklar nimasi? -Nega oʻzingni isbotlashga urinyapsan?-deb gapini tugalladi. Yuzlarimiz yaqinligi uchun sovuq nafasi yuzimga urdi. Nafasi ham muzdek.
-Me-men...-dedim nima deyishimni bilmay. Ming lanʼat! Men nega unga oʻzimni izohladim oʻzi? Nima deb oʻylasa, oʻylayversin edi!
Ahmoqsan, Lara, dedi ichki ovozim.
Bilaman, hozir amin boʻlyapman.
-Sizga nima?-dedim yana qoʻpol qiz roliga qaytib. -Istaganimni qilaman-deb yelkalarimni tiklashtirdim. Iyagimni koʻtargancha sochlarimni orqamga otdim. -Sizga nega hisob berishim kerak? Siz nega menga bu qadar yaqin turibsiz oʻzi? Masofa saqlang, Shahzodam River. Masofalar juda muhim, bilasiz-a?-dedim. -Hozir sevgan qizingiz shu holatimizni koʻrsa, nima deb oʻylashi mumkin. Rostdan ham, fahm-farosat sizda qolmabdi. Boshqasini sevib, boshqa ayolga bu qadar yaqin turishga qanday haddingiz sigʻdi?-dedim. Haddini bilsin. Keyin esa bir qadam ortga chekildim.
-Sevgan qizim boshqa ekanini qayerdan bilding, Lara?-dedi. Bu nimasi endi? Nimaga shaʼma qilyapti?
-Har holda men boʻlmasam kerak, shunday emasmi? Uzoq turing. Men hech narsani bilmayman-dedim. U ham yana tik holatga oʻtdi.
-Jerald oʻziga keldi, shuni xabar berishga kelgandim-dedi yana jiddiylashib. Ablah! Shuni ertaroq aytsa, oʻladimi? Yuragim qinidan chiqib ketayozdi. Toʻxta, menda yurak nima qiladi? Boshqa narsadir u.
-Isib ketdim, havo nega buncha issiq?-deb uning yonidan oʻtdim.
-Havo issiq emas, Lara. Osmonda qora bulutlar suzib yuribdi. Yoz yomgʻiri yogʻadi, shekilli-dedi. Ming lanʼat! -Hayajondandir u qisib ketishing-deb tugalladi.
-Nima demoqchi boʻlyapsiz?-deb unga oʻgirildim. -Men hayajonlanganim yoʻq. Bunday boʻlishi mumkin emas. Nega siz bilan gaplashganda hayajonlanay? Tovba!-dedim. Yuzimga qarab turgandi. Kulmaslik uchun lablarini tishlayotgandek edi. -Eymer qayerda?-dedim mavzuni oʻzgartirish uchun atrofimga qarab. Laʼnati, hech qayerda yoʻq edi! Allaqachon bizni atayin yolgʻiz tashlab qochgandi, ablah! Topsam, oʻzim oʻldiraman.
-Boyagina uni itarayotgan sen emasmiding, Lara?-dedi River kulmaslikka harakat qilib.
-Yoʻ-oʻ-oʻq-dedim harflarni uzaytirib. -Men hech ham unday qilmadim. Shunchaki siz sezgir emassiz. Men uni quchayotgandim. Qarang, aqlingiz ishlasa ham, sezish qobiliyatlaringiz sizga pand beryapti. Mening esa sezgilarim juda kuchli. Masalan, hozir koʻp gapirib, sizni bezor qilganimni va shahzoda Jerald meni kutayotganini deyapman-dedim va tezda ortimga oʻgirilib yura boshladim. Nega qochyapman oʻzi? Tezda tabibxonaga yugurdim. Ming lanʼat! Tezda Jeraldning xonasiga kirdim.
-Shahzoda Jerald-dedim nafasim tiqilar holatga kelar ekanman. Eshikni yopdim va eshikka suyandim.
-Soxta malika?-dedi qoshlarini yuqoriga koʻtargancha. -Nimadan qochyapsan?
-Bilmayman-dedim.
-Bu qanaqasi endi?-dedi hayron qolgandek.
-Bilmayman. Siz yaxshimisiz?-dedim
-Ha, men ajoyibman!-dedi kulgancha. Yolgʻon gapiryapti. Ahvoli yaxshi emas.
-Yaxshimisiz?-dedim yana.
-Ha, ajoyibman, soxta malika-dedi yana.
-Jiddiyman, yaxshimisiz?-dedim.
-Bilmayman-dedi oxirida boʻsh kelgancha. -Sindi?-deb soʻradi. Oʻzi shu ahvolda ekanida ham uni oʻylayapti.
-U yaxshi emas-dedim. Yotgan joyida turishga urindi. -Yoting!-dedim qatʼiy ovozda. Joyiga qayta yotdi. -Sizdan xavotir oldi-dedim va eshikka battar suyandim. -Otasining unga qilganlarini mening koʻrganimni biladi, lekin darrov "Jerald biladimi?" deb soʻradi. Men esa yoʻq dedim. Agar biladi desam, sizning unga achinyotganingizni oʻylashi mumkin edi. U yogʻini oʻzingiz ham qilib olasizlar. Lekin siz ham biroz nozlansangiz, yaxshi boʻlardi. Biroz u yugursin ortingizdan-dedim. Birdan eshik tashqariga ochilgani uchun orqaga toʻgʻri yiqilayotgandim, koʻzimni yumdim. Yiqilayotganimni koʻrish niyatim yoʻq. Lekin yiqilmadim. Kimdir ensamdan ushlab qolgandi. Koʻzlarimni ochishim bilan Riverning zimiston koʻzlari bilan qarshilashdim. Tok urgandek tezda toʻgʻri turib oldim. Ming lanʼat! Atayin qilishyaptimi?
-Lara?-dedi.
-Shahzoda Jerald bilan biroz suhbatlashdik, endi men ketishim kerak-deb tezda eshikdan chiqdim. Eshik yopilmasidan yagona eshitganim Jeraldning ovozi edi:
-Endi kimdan qochayotganing aniq boʻldi, soxta malika...
*
-Sen, ablah, meni u bilan nega yolgʻiz tashlab ketasan?-deb boshiga bir tushirdim Eymerning.
-Nima qilishim kerak, nima qilsangiz, yolgʻiz qiling, men tomosha qilishim kerakmidi?-dedi. Bu ablah qachon bu qadar oʻzgardi?
-Biz hech narsa qilganimiz yoʻq-dedim.
-U holda nega bunday xavotirlanyapsan? Shunchaki gaplashibsiz seniki bilan-dedi kulgancha.
-Sen bir kun mening qoʻlimda oʻlim topasan, Eymer-dedim.
-Bosh ustiga, malikam-dedi hazil bilan.
-Tumor qani?-dedim.
-Menda.
-Uni Gloriaga qaytarish kerak-dedim.
-Nega? Keyin oʻsha nusxa uni izlab keladi. Uni tutish uchun oʻsha malikaning ortida yurishim kerakmi? Undan koʻra menda turgani yaxshi-dedim.
-Sen uning kuchlarini olib qoʻymoqchisan, Eymer.
-Ammo...
-Eʼtiroz qabul qilinmaydi, Eymer. Uni qaytarasan-dedim.
-Uning kuchini his qilyapman-degan Glorianing ovozi sal nariroqdan kela boshladi. Albatta, tumor kuchini sezardi.
-U yogʻini oʻzing hal qil, Eymer. Men shu yerda boʻlaman-degancha boʻynimdagi tumorni yechib, Eymerning qoʻliga tutqazdim. Gloria shubhalanishi oson boʻlgan biri edi. Uchib yurgan tumordan shubha qilishi aniq edi. U boshqalarga oʻxshab qoʻrqmasdi, tezda javobini bilishga intilardi. Sal chetroqqa oʻtib, tura boshladim. Eymer hammasini barbod qilmasa boʻldi. Eymer-ku ayollar bilan gaplashishni biladi, ammo Glorianing erkaklar bilan qanday gaplashishni bilishiga shubham bor. Gloria Eymer tomonga toʻgʻri kelayotgandi. Eymerning qoʻlida esa mening tumorim bor edi. Glorianing tumorini qayerga qoʻyganini bilmasdim. Ularni kuzata boshladim. Gloria Eymerning qarshisiga kelib toʻxtadi. Qoʻlidagi tumorga qaradi.
-Mening tumorimning kuchi bundan kelgan boʻlishi mumkin emas, tumorim boshqacha edi-dedi oʻziga oʻzi. Eymerga qaramayotgandi ham. Bizning Eymer esa lom-mim demay, Glorianing harakatlarini kuzatayotgandi. Agar Eymer Indilani sevishini bilmaganimda, hozir Gloriaga gap otishiga ham amin boʻlardim. Gloria juda chiroyli qiz edi. Riverga oʻxshardi.
Hozir bu yerga Riverning nima aloqasi bor, Lara, dedi ichki ovozim.
Aloqasi yoʻq. Shunchaki aytdim. Uzun, qop-qora sochlari va tun kabi zimiston koʻzlari bor edi. Tanasi qordek oppoq, yuzi dumaloq shaklga ega edi. Eymerga bir soniyaga ham qaramayotgandi, lekin Eymer jimgina uni tomosha qilayotgandi.
-Ammo tumorimning kuchi shu yerdan keldi? Aynan shu yerdan kelyapti. Ajabo, tumorimning koʻrinishini almashtirdimikan?-dedi va hech oʻylab oʻtirmay, Eymerning qoʻlidan tumorni oldi. Qoʻllari Eymerning qoʻllariga surtingandi. Eymer noqulayligini bildirish uchun joyida tipirchiladi. Bu harakatiga kuldim.
Gloria mening tumorimni qoʻliga olib, tekshira boshladi.
-Yoʻq, bu ruhlar tumori. Meniki emas, ammo mening tumorimning kuchi ham shu yerdan kelyapti-dedi va mening tumorimni Eymerning qoʻllariga qayta joylashtirdi. Eymerning yuziga bir bor nazar ham tashlagani yoʻq.
-A-aslida-dedi Eymer. Gloria unga qaramadi ham. -Tumor menda-dedi Eymer.
-U holda, ber-dedi Gloria qoʻllarini choʻzib, unga uzatgancha. Lekin Eymerning yuziga qaramayotgandi. Gloria aniq erkaklar bilan qanday gaplashishni bilmasdi. Eymer choʻntagiga solgan tumorni sekin chiqardi, lekin uni berish oʻrniga chalkashib, qizning qoʻliga mening tumorimni tutqazdi. Glorianing qoshlari chimirildi.
-Bu emas-dedi Gloria. Keyin esa mening tumorimni otib yuborgancha Eymerning narigi qoʻliga yopishdi. Eymerning yuzini koʻrsangiz edi, dokadek oqarib ketgandi. Gloria esa ifodasiz edi. Eymerning qoʻlidan ushlab yuqoriga koʻtargancha tumorni oldi. -Mana bu-dedi va tumorni tezda boʻyniga taqdi. Keyin esa birdan bir narsa aqliga kelgandek qoshlari battar chimirildi. Birdan boshini koʻtarib Eymerga qaradi. -Sen...-dedi Eymerga koʻrsatkich barmogʻini koʻtargancha. -Sen umisan? Sen mendan tumorimni oldingmi?-dedi.
-Nima?-dedi Eymer tilini yutgandek. Menimcha, rostdan yutdi. -Men buni oʻsha nusxadan oldim, seniki ekanini aytishdi, senga berish uchun ketayotgandim-dedi gapini davom ettirgancha. Gloria unga yaxshilab qarab turdi. Bir qadam tashlab, Eymerga yaqinlashdi. Gloria Eymerga tik qaragancha uni tekshira boshladi.
-Bunga nega ishonay?-dedi Gloria. Keyin esa birdan barmoqlarini sharqillatdi. Eymerni chirmoviqlar oʻrab oldi. Qoʻllarini tanasi bilan bir butun qilib oʻrashgandi. Faqat egni va boshi koʻrinayotgandi. -U sen emasligingni qayerdan bilaman?-dedi Gloria ungs yanada yaqinlashar ekan.
-Hozir Eymerni oʻldirib qoʻyadi-deb tezda tumorimni yerdan oldim va boʻynimga taqdim. Bechora tumorimni ham xoʻrlashdi. -U Mister Niqob emas!-deganimda Gloria menga qaradi. Bir qoshi yuqoriga koʻtarildi.
-Sen oʻlgansan-dedi menga.
-Yoʻq, Indila oʻlgan va men Lara Vincentman-dedim unga.
-Tushunarli, sen uning qiyofadoshisan va uning tanasida yashagansan. U oʻlgan, shuning uchun tanasiz qolib ketgansan. Mening akam esa senga yordam berib, boʻyningdagi tumorni senga bergan.
-Bularning hammasini taxmin qildingmi?-dedim unga hayron qolib qaragancha.
-Bilasan, shubhalanish mening kasbim. Shubhalarni birlashtirsak, kerakli javob kelib chiqadi-dedi. Gloria aqlli edi.
-Uni qoʻyib yuborasanmi?-dedim hali ham Gloriaga tikilib turgan Eymerni ishora qilgancha. Gloria oʻgirilib unga qaradi.
-Umuman olganda, uni oʻldirishim mumkin, chunki akamni oʻldirishga urindi va bilishingiz kerakki, mening akam uchun qila oladiganlarimning chek-chegarasi yoʻq-dedi.
-U holda tumoringni Mister Niqobdan u olganini aytsam, uni qoʻyib yuborarsan. Aslida chirmoviqlaringni yoqib, uni qutqarsam ham boʻladi, lekin tabiat zarar koʻradi, shunday emasmi? Shuning uchun uni qoʻyib yubor-dedim.
-Tumorimni u oldimi?-dedi.
-Ha.
-Sen emas, u?-dedi
-Ha, u oldi. Shuning uchun uni qoʻyib yubor-dedim. Biroz menga tikilib turdi, keyin esa koʻzlari hali ham unda boʻlgan Eymerga qaradi.
-Rahmat-dedi Eymerga qarab. Keyin esa uni chirmoviqlardan ozod qildi. Eymerning yoniga bordim.
-Besh daqiqaga katılmadım, lekin xuddi uni oʻldirmoqchidek eding-dedim Gloriaga
-Oʻzi qarshilik koʻrsatmadi-dedi. -Men ketdim, siz qolavering-degsncha orqasiga oʻgirilib keta boshladi.
-Gloria-dedim uni toʻxtatish maqsadida. Toʻxtadi ham. -Ruh ekanimni hozircha...
-Hech kimga aytmayman-dedi gapimni tugallagancha. Keyin esa yoʻlida davom etdi. Koʻzdan gʻoyib boʻlganda esa uning ortidan qarab qolgan Eymerga qaradim.
-Menga uni sevib qolganingni aytma, Eymer-dedim. -Sening bir koʻrishda sevib qolish kabi odatlaring bor-deb yakunladim.
-Nimalar deyapsan?-deb menga oʻgirildi. Meni eshitmadi, shunday emasmi?
-Yoʻq, hech narsa. Men tushundim deyman-degancha ortimga qarab keta boshladim. Uning ham ortimdan kelayotganini bilardim. Ichkariga kirdim. Kirgan zahotim Riverni koʻrib, yoʻnalishni oʻzgartirdim.
-Lara-deb bilagimdan ushlab qoldi.
-A-a, Shahzodam River, siz bu yerdamidingiz? Men sizni koʻrmabman ham-degancha yolgʻon gapirib, unga qaradim. -Xoʻsh, aytadigan gapingiz boʻlmasa, xayrli tun-degancha zinalar tomon yoʻnaldim, lekin bilagimni hali ham ushlab turgani uchun hech qayerga siljiy olmadim. -Shahzodam River, qoʻyib yuboring-dedim.
-Nega mendan qochyapsan, Lara?-dedi.
-Tovba deng, nega sizdan qochay? Shunchaki charchadim, uxlamoqchiman-dedim va qoʻlimni tortishga urindim, ammo eplay olmadim. Birdan nima boʻlganini ham anglab yetmay, uning xonasida paydo boʻlgandik. Koʻchish afsunini qoʻllagandi.
-Undan oldin tanangni olib kelishimiz kerak-dedi.
-Ertaga ham qilsak boʻladi-dedim va qoʻlimni tortishga urindim, lekin qoʻyib yubormayotgandi. -Shahzodam River, qoʻlim-dedim bilishimni ishora qilgancha. Oldin menga, keyin bilagimga qaradi.
-Hozir bormasak, kech boʻlishi mumkin. Sen yashayotgan tana oʻlgani uchun kelajakdagi tanangning ham koʻp vaqti qolmaganiga aminman. Shuning uchun hoziroq borishimiz kerak-dedi.
-Ammo...
-Ammo soʻzidan nafratlanasan, Lara. Bu soʻzni ishlatmaganing maʼqul-dedi. -Eʼtiroz qabul qilinmaydi-dedi. Keyin esa qoʻlimni qoʻyib yubordi. Toʻgʻri aytayotgandi. Tanamga qaytishim kerak edi.
-Qoʻlingni ber-deb menga qoʻlini uzatdi. Bir unga, bir qoʻliga qaradim. -Lara!-dedi. Qoʻlimni uning muzdek kaftiga joyladim. Shu zahoti yer qimirlagandek boʻldi. Boshim aylanar boshladi. -Koʼzingni yum-dedi River. Aytganini qildim. Xuddi bir narsa bizni siltab tashlagandek oyogʻim yerdan uzilganini va oʻz atrofimda aylanayotganimni sezib turgandim. Bir necha daqiqadan keyin koʻzlarim yumuq ekaniga qaramay, kuchli nur yuzimizga urganini sezgandim. Birdan oyoqlarim yana yer bilan topishganida koʻzlarimni ochdim. Yana oʻsha joyga tushgandim. Uyimning vannaxonasi. Vannadagi suv toshib, pastga oqib tushgan, hamma yer suvga toʻlgan edi. Biz kelishimiz bilan osmonda qotib turgan suv tomchilari yerga paq etib tushdi. Vaqt yana davom eta boshladi. Shuncha vaqtdan beri bu yerda zamon toʻxtab qolganmidi? Axir men u yerda ikki oy boʻldim, bu yer esa oldingidek. Vanna ichidagi yaralangan badanimga qaradim. Qizil koʻylagi hali ham ustida edi. Koʻzlari yumilgan holda yotgandi, lekin bir narsani tushungmagandim. Vaqt toʻxtagan boʻlsa, meni oʻldirishga uringan odam qayerga ketgandi? U bu yerda emasdi. Qonli pichoq esa yerda yotgandi.
-Lara, bu qanday joy?-dedi hamma narsani birinchi marta koʻrib turgan River.
-Bu mening dunyom, Shahzodam River. Mening dunyomga xush kelibsiz!-dedim unga qarab.
-Bu senmisan?-dedi vanna ichidagi badanimni koʻrsatib.
-Oʻxshamayaptimi?-dedim.
-Yaralangansan-dedi.
-Ha, sizning zamonga tushganimda bu yerda oʻlayotgandim. Biri meni oʻldirishga uringandi, lekin qochmagandi. Shu yerda turgandi, ammo endi yoʻq-dedim.
-Tushunarli-dedi va menga qaradi. Keyin esa sekin men tomon kela boshladi. Oramizdagi butun masofani yopdi. -Lara-dedi sekin.
-Nima boʻldi?-dedim ichimda kapalaklar ucha boshlar ekan. La'nati kapalaklar!
-Bilaman, bu ishimdan keyin meni kechirmaysan, balki nafratlanarsan, lekin buni sen uchun qilganimni bilishingni istardim-dedi. Men hech narsani tushunmadim.
-Nimalar deyapsiz?-dedim.
-Meni kechir, Lara-dedi. Keyin esa ikki qoʻlini yelkalarimga joylagancha peshonamdan oʻpdi. Oʻzini tortmadi, shu holatda biroz vaqt turdi. Men esa nima deganini tushunmayotgandim ham. Oʻzini tortdi va yuzimni kaftlari orasiga oldi. Qoʻllari har doimgidek muzdek edi. Menga yaqin turgani uchun dengiz ifori ufurib turgandi. Qahrabo koʻzlarimning ichifa oʻzining zimiston koʻzlari bilan tikilib qaradi.
-Men sevadigan qizning kimligini bilib olganingda sen bilan qayta koʻrishamiz, Lara-dedi. Keyin esa birdan mendan uzoqlashdi. Sal nariroqqa borib turdi.
-Nimalar qilyapsiz?-dedim. Keyin esa nima qilmoqchi ekanini tushundim. Ming lanʼat! -Yoʻq, bunday qila olmaysiz. Meni bu yerda tashlab keta olmaysiz!-deb baqirib u tomonga yugurganimda koʻzdan gʻoyib boʻldi. Xuddi bir tush kabi, xuddi hech qachon mavjud boʻlmagan kabi... Meni bu yerda tashlab ketgandi. Meni tashlab ketgandi. Shuning uchun kechirim soʻragandi. Meni yaxshi tanir ekan, chunki bu qilganini hech qachon kechirmayman. Toʻgʻri bilibdi, endi undan ham nafratlanaman. Bugun River men uchun hech kimga aylandi. Meni tashlab ketgandi. Meni 2024-yikda tashlab, oʻzi ortga qaytib ketgandi. Men yana bir marta voz kechilgandim...
Davomi bor...
Hikoyalar_2023🦋
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев