Предыдущая публикация
Sevgi nima Bilmay qolaman
Gohi sizga Beparvo bo'lib
Gohi sizni izlab qolaman
Men o'zimni tushunmaymanu
Sizni qanday tushunay bonu
Siz go'zalim Uzoqda dilhun
Sevgidan ham Bezib qolasiz
Maftun qilsa Meni boshqalar
Ko'zlarimdan sezib olasiz
Men o'zimni tushunmaymanu
Sizni qanday tushunay bonu
Eh siz meni Bilsangiz edi
Yonginamda yursangiz edi
Qaysar yuragimni o'rnida
Birzumgina ursangiz edi
Yuragimni tushunmaymanu
Sizni qanday tushunay bonu
Men shunchalik yomonman bonu
O'z o'zimni urgim keladi
Yuragimni go'zal qizlarning
Hammasiga bergim keladi
Men o'zimni tushunmaymanu
Sizni qanday tushunay bonu
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев