Xayrli tong, azizlarim! Meni sogʻinib qolmadingizmi?
Men ham sizlarni sogʻindim! Sogʻinch- dunyodagi eng ajoyib tuygʻuda! Ishonasizmi? Kimnidir sogʻinish, senda oʻsha insonga nisbatan qanchalar yaqin, qanchalar mehrli, qanchalar muhabbatli ekaningni koʻrsatadi. Sogʻinch- sizning hayot ekaningizni, quvonch, shodlik bilan birga ekaningizni, eng asosiysi kimgadir juda-juda kerak ekaningizni bildiradi. Shuning uchun sogʻinish zoʻr! Ajoyib! Kimgadir kerakli boʻlishdan ajoyibi bormi? Meni hech kim sogʻinmaydi deguvchilar bormi orangizda? Yoʻq! Bor boʻlganda ham bu notoʻgʻri! Chunki bu dunyoda yashayotgan har bir inson kimgadir kerak. Juda-juda kerak. SIZ shundayligingizcha kimningdir qalbidasiz, yuragidasiz! Ishonmaysizmi? Ishoning! Qalbingizga sogʻinchi mehrni joʻnatdim...Ushlaaaang!
Bugungi kuningizda u sizga hamrohlik qiladi!
Millati, tilidan, dinidan, kimligidan qatʼiy nazar, SIZ kimgadir kerak, qadrligim!...
Sogʻingan va sogʻintiruvchi insonlarga, xayrli tong! Men sizlarni sogʻindim.......!❤️
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3