Darvozamizda Bravo, Senga aytishar Bravo.
Bo'yi uzun kelishgan, Uni Pike deyishgan,
Ximoyada zo'r turar, Tez-tez gol urib turar.
Bizda bor-ku Mascerano, O'tolmas Kristiano.
Raqiblarning dodin berar, Barsaga sodiq qolar.
O'n qanotda bor Alves, Juda faol juda tez.
Messiga to'p uzatar, Sochini zo'r kuzatar.
Chap qanotda Albadir, Raqiblar ham talpadir.
Raqiblar o'ta olmas, O'tsa xam to'p bilanmas.
Tajribali Inesta, Barcelona sardori.
Fantastik to'p uzatar, Kamchilikni tuzatar.
Barcelona motori, Bu albatta Busketsdir.
Eng ko'p pasni oshirar, Raqiblarni shoshirar.
Xorvatiyalik Rakitich, Zarbasi juda kuchli.
O'yinda juda faol, Oldida raqib xam lol!
Uni xamma sevadi, O'yinlarin kutadi.
Tez-tez dribling qilar, Bu Braziliyalik Neymar.
O'yinda juda xam tez, Albatta bu Suarez.
To'pni biram qizg'anmas, Kurashdan xech xam tolmas.
Qani muxlis tezroq kel, Gapirilmoqda Lionel.
Barcelona yuragi, Shubxasizdir bu Messi.
O'yinni u boshqarar, Juda ko'p gollar urar.
Hammamiz bir jamoa, Quvonavering muhlislar.
Soniyaga xam to'xtamay, Chunki bizni kutar yana superkuboklar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 11