Har yili 1-oktyabrda O'qituvchilar va murabbiylar kuni nishonlanadi. Umuman olganda Sharqda va xususan O‘zbekistonda, o'qituvchilar va murabbiylarga bo‘lgan munosabat har doim muhim bo‘lib kelgan. Bu insonlar beqiyos hurmat-ehtiromga ega bo‘lib, ularning mehnati, yosh avlodga fidokorona g‘amxo‘rliklari yuksak baholangan, ustozlik unvoni juda sharafli hisoblangan. O'qituvchilar va murabbiylarga bo‘lgan bunday munosabat an’analari bugungi kunda ham barhayot.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilarning kasb mahoratini oshirish uchun qaratilgan o‘quv loyihalari, ijodiy tanlovlar, fan o‘qituvchilarining konferensiyalari o‘tkazib kelinmoqda.
👏 Biz barcha o'qituvchilarni tabriklaymiz, talabalarga doimo sabr-toqatli bo'lishlarini, o'z kasbiga sodiq qolishlarini va albatta hamma vaqt gullab-yashnashlarini va baxtli bo'lishlarini tilaymiz. O'qituvchi - shunchaki kasb emas, balki o'qituvchi – bu yuksak maqom va qalb ovozidir!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев