Ertalabdan cho’kdim eski tanish hissiyotga,
Sovuqlar qaytardi tuyg’ularimizni yodga.
Bu ko’ngil shuncha paytda hech narsani sezmay o'tgan,
Shu kuz boshlandi sezdim .... bir o’zim.
Har kim yolg’iz qolar ekan tunda xonasida,
Dardlariga malhamni berkitadi onasidan.
Ko’chaga chiqqanda hecham yolg’iz qomasada,
Hamma ham bir bor bo’lsada yolg’iz cho’kar xonasida!
Har kim ham ba’zan o’zin qo’yarga joy topolmas,
Atrofida to’rt devordan boshqa hech narsa qolmas.
Qalbidagi qichqirishlar yuziga chiqolmas,
Hamma ham bir kun kelib o’zin qo’yarga joy topolmas...!
#Naqorat:
Insonlar ham qushlar kabi ucha olganlarida...
Baridan to’yganda shu zahoti kecha olganlarida...!
Kech kirganda negadir yana bu ko’ngil bo’shar,
Sanab bo’mas nechinchi bor aylanar so’nggi qo’shiq.
Otvorging kelar hayollaring telefonga qo’shib,
To’lib, toshgan hayoting yana kechki o’nga bo’shar.
Uchrashuvlar, shirin so’zlar qolar keyinga,
Odamlar o’lmasdek yashar, xuddi ularga yengil.
Aynan hozir balki, aynan sen unga keraksan,
Faqat bugun, ertagamas, ertaging daraksiz.
Har kim ham ba’zan o’zin qo’yarga joy topolmas,
Atrofida to’rt devordan boshqa hech narsa qolmas.
Qalbidagi qichqirishlar yuziga chiqolmas,
Hamma ham bir kun kelib o’zin qo’yarga joy topolmas...!
#Naqorat:
Insonlar ham qushlar kabi ucha olganlarida...
Baridan to’yganda shu zahoti kecha olganlarida...!
#NomsizTuygu
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2