Yig‘lasang ko‘z yosh, kulsang sabab yo‘q. Iching shunchalar bo‘m-bo‘sh, shu bilan birga to‘lib ham ketgan.
Tushuntirsang, tushuntirib bo‘lmaydi, ichingga yutsang, ichingga sig‘maydi. Qochib qutula olmaysan, qolsang, bir yerda tura olmaysan.
Yo‘l yaqindek ko‘rinadi, lekin ayni paytda judayam uzoq. Qayerga bormoqchi bo‘lsang ham, yetib borolmaydigan joydasan.
Atrofingda odamlar judayam ko‘p, ammo birortasi ham yaqin emas. Mehr bepul, lekin berishga eng qizg‘onadiganimiz ham shu mehr.
Aslida shunchalar baland baqiryapsanki, biroq hech kim eshitmayotgandek. Senga bir narsa juda ham zarur, ammo o‘shaning nimaligi mavhum.
Ovqatlanish uchun kafega kirasan, ovqat buyurtma bergach esa qorning to‘qligi yodingga tushadi.
Yuragingni bo‘shatish uchun do‘stingga qo‘ng‘iroq qilmoqchisan, raqamini termoqchi bo‘lganingda, birorta ham do‘sting yo‘qligini eslaysan.
Judayam yomon tuyg‘u, shunday emasmi?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3