Bir paytlar mexrimizdan isinganlar
Jigardayin yaqin do'st tutinganlar
Biz sababchi qancha ishin bitirganlar
Kecha kim bo'lganin bugun unutgan
Ot minsak taqasin maqtab yurganlar
Soyamizda yoqasin to'g'irlab yurganlar
Nomimizni sotib oyoqa turganlar
Kecha kim bo'lganin bugun unutgan
Cho'kib ketar edi tortmasak soydan
Biz yaxshi ediku chiquncha loydan
Tarihini so'rang bu yangi boydan
Kecha kim bo'lganin bugun unutgan
Uch kun o'tmay unutishar zo'rlarni xam
Menman degan sinib ketar bir kelsa g'am
Kibrlanmang mansab bersa qodir egam
kecha kim bo'lganin bugun unutgan
Uch to'rt so'm topgani oddiy bir qogo'z
O'zidan faqirga ko'tarar ovoz
Ko'zingni ko'r qilibti bu dunyo biroz
Kecha kim bo'lganin bugun unutgan
Oyoqlaring yerdan uzilib ancha
Birovni begunoh kamsitib qancha
Etagimizdan tutib yurganding kecha
Kecha kim bo'lganin bugun unutgan
''BIZ SABABCHI QANCHA ISHIN BITIRGANLAR''
''KECHA KIM BO'LGANIN BUGUN UNUTGAN ''
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3
Ozod-nur_shoir deb izlang