Yolg`izlik yana
Ko`chada yomg`ir,
Uyda esa og`ir
Kecha u uzatildi
Kecha uni yo`qotdim
Qo`limda suratlari
Ustida ko`z yoshlarim
Endi unga tunlar xatlar yozolmayman,
Kunduzi gullar bilan bezolmayman.
Uni yo`qotganimga ishonmayman,
Ishonmayman.
Yog`ayotgan yomg`ir uni ko`z yoshlaridir,
U qiynalmoqda, buni semoqdadir dil.
Uni yo`qotganimga ishonmayman,
Ishonmayman.
Sen meni kechirgin,
Yana ko`zlaringda yosh.
Yana men sababchiman,
Yuzingda yo`qdir quvonch.
Axir bilar edimku,
Yetmasdi qo`lim.
Seni yosh uzatishdi,
Yetmadi vaqtim.
Mani kechir, manimcha endi hech qachon esimda chiqmasa kerak,
67 - aftobus, chunki unda sen har doim kelarding yonimga.
Va yana, o`sha yashil aftobus,
Olib ketardi sani uyingga.
Kecha esa, uzun qora limuzinda,
Oppoq kiyimda, o'tirardi kimdir yoningda,
Sani yosh uzatishdi,
17 yoshingda.
Man sani sevaman, so`zlarimga ishon,
Hech bo'lmaganda, 1 yil vaqt bo`lganida ishon.
Sani dunyodagi, eng baxtli qiz qilar edim,
Agarda bo`lganida, yana ozgina imkon.
Baxtli kunlarim, uchib ketti yiroqqa,
Baxtsiz kunlarim, mani tashlamoqda firoqqa.
Man sani har bir nafasimda sevaman,
Qanday yashaymiz, bir birimizdan yiroqda.
Endi unga tunlar xatlar yozolmayman,
Kunduzi gullar bilan bezolmayman.
Uni yo`qotganimga ishonmayman,
Ishonmayman.
Yog`ayotgan yomg`ir uni ko`z yoshlaridir,
U qiynalmoqda, buni semoqdadir dil.
Uni yo`qotganimga ishonmayman,
Ishonmayman.
Sen meni kechirgin,
Yana ko`zlaringda yosh.
Yana men sababchiman,
Yuzingda yo`qdir quvonch.
Axir bilar edimku,
Yetmasdi qo`lim.
Seni yosh uzatishdi,
Yetmadi vaqtim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3