Berar ham xudodir, olar ham xudo Erkak yig'lamasin, davlat ketsa ham Hech kimsa bo'lmasin baxtidan judo Erkak yig'lamasin, omad ketsa ham Berganda shukur qil, olganda sabr Shoshilib o'zinga qazmagin qabr Yigitchilik darsin o'qimasdan axir Erkak yig'lamasin, faqat sinsa ham Yiqilsang ustingdan kuladi nomard Aslida aybing yo'q biladi nomard Shoshma, o'zi qaytib keladi nomard Erkak yig'lamasin, dushman kulsa ham Yigitning parvozda qanoti do'stdur Yigitning so'ngida najoti do'stdur Yigitning hayoti mamoti do'stdur Yigit yig'lamasin, chin do'st ketsa ham Pul bor joyda biling do'st bor dushman bor Pul bor joyda biling rost bor yolg'on bor Pul bor joyda biling nas bor shayton bor Erkak yig'lamasin, do'st pand bersa ham Onasin haqorat qilganni ko'rdik Xotini xiyonat qilganni ko'rdik Farzandi jiyonat qilganni ko'rdik Erkak yig'lamasin, shu dard kelsa ham Yiqilganda qochsa qalmi-qarindosh Ey yigit sinmagin egib yurma bosh Belga belboq bo'lsin doim sabr va bardosh Erkak yig'lamasin, madad ketsa ham Kimdir ko'rolmasa turgan joyingni Boshing silab mo'ljallasa poyingni Ulfat bo'lib og'ulatib choyingni Erkak yig'lamasin, kim past ketsa ham Tillaga o'ch bo'lmoq ayolning kasbi Er yigit haromdan qochadi asli O'ksinmas yo'qotsa duru zo'r qasri Erkak yig'lamasin, boylik ketsa ham Boylik adashmoqlik uchunmi ayting Boylik hatto baxtdan ustunmi ayting Boylik bu hayot mazmunimi ayting Erkak yig'lamasin, g'iybat bo'lsa ham Vaxting kesmoq bo'lar ichi qoralar Sochinga shu g'amdan ming oq oralar Cho'ntakdan pul qochsa tiling poralar Erkak yig'lamasin, quvvat ketsa ham Boshiga ming sinov zinoat kelsa Ko'zdan uyqu qochib halovat ketsa Ishlaring yurishmay boshga dard kelsa Erkak yig'lamasin, rohat ketsa ham Bir manman maqtansa o'rtaga kirib Mandan zo'ri yo'q deya ko'ksini kerib Kamsitmoq bo'lsa gar seni past ko'rib Erkak yig'lamasin, yo'qchilikda ham Dardingni berar ham, olar ham o'zi Sarg'aymasin qarzdan hech kimning yuzi Mehnatdan to'xtama vaqt o'zi qozi Erkak yig'lamasin, ming qarz bo'lsa ham Eshitgin ey do'stim dilda ovozimni Qiynamasin farzand dog'i hech kimni Erkak yig'lamasin, farzand ketsa ham Jigarbandi uni tashlab ketsa ham Erkak yig'lamasin, farzand ketsa ham Jigarbandi uni tashlab ketsa ham Berar ham xudodir, olar ham xudo Erkak yig'lamasin, davlat ketsa ham Hech kimsa bo'lmasin baxtidan judo Erkak yig'lamasin, omad ketsa ham
Комментарии 2