Musofir döstlar men bilolmayapman, Bugun kim onasin sog'inmayapti. Pulning ishqida dunyo kezyapmiz, Bir mushtipar bizni uyda kutyapti. Ba'zan yig'lab ba'zan kulyapmiz, Aytingchi kim onasin sog'inmayapti. Har kun ishdan qaytganing mahal, Yo uyg'onsang erta tong saxar. Kim seni onangdek kutib olyapti, Kim bugun onasin sog'inmayapti. Köz oldimdan ketmas ajin yuzlari, Mehrdan yonadi onam közlari. Bizni kutib ötadi bedor tunlari, Shunday onani kim sog'inmayapti. Men bugun onamni yomon sog'indim, Sog'inchdan közyoshim daryo bölyapti. Özimcha yig'lab biroz yozildim, Ayting kim onasin sog'inmayapti. Onam yopgan nonni sog'indim, Ayting kim onamdek non yopayapti. Onamla ötkazgan har onni eslab Bu sherni onasin sog'ingan shoir yozyapti. Ayting kim onasin sog'inmayapti.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 4
Okkartinki.p.ht - Бесплатныe картинки !