Uning kichik nabirasi bor ekan. Otaxon har kuni erta saharlab joynamozga o’tirib olib Qur’on tilovat qilar ekan. Nabirasi ham buvasiga taqlid qilib aytganlarini takrorlab o’tirar ekan. Bir kun nabira buvasidan so’radi: - Buvajon, men sizga o’xshab Qur’on o’qishga harakat qilamanu lekin hech narsa tushunmayman. Qur’on o’qishdan foyda nima?” Otaxon qo’lidagi ko’mirni pechkaga solib sekingina nabirasiga qarab shunday dedi: - Qani borib daryodan mana shu ko’mir savatiga suv to’ldirib kelingchi.” Bola buvasini aytganini qildi, lekin uyga qaytib kelgunicha suvning hammasi to’kilib bo’lgan edi. Buni ko’rgan otaxon kulib,: - Tezroq harakat qilish kerakda, bo’tam “ dedi va yana daryoga yubordi. Bu safar bola tezroq yugurdi, lekin savat yana bo’sh qaytdi. - Savatga suv to’ldirishning foydasi yo’q, buva, chelakka to’ldirib kelaqolay,” dedi bola nafasi o’pkasiga tiqilib. - Yo’q, menga bir chelak suv emas, bir savat suv kerak,- dedi buvasi - Tez yugurmayapsiz chog’i, bo’tam,-deb ko’chaga nabirasini kuzatgani chiqdi otaxon. Bola bu safar ham daryoga qarab ketdi. Savatda suv keltirishning iloji yo’qligini bilsa-da buvasiga qanchalik tez yugurmasin buning befoydaligini isbotlamoqchi bo’ldi. Savat yana bo’sh qaytdi. - Ko’rdingizmi, buvajon, foydasi yo’q demadimmi? - Foydasi yo’q deb oylaysizmi, savatga bir qarangchi, Bola savatga qaradi. Haqiqatda ham savat oldingidan boshqacha tusga kirgan edi. Qop-qora ko’mir savatining ichi ham tashi ham top-toza edi. - O’g’lim, Qur’on o’qiganingizda ham huddi shunday bo’ladi. Qur’on so’zlarini tushunmasligingiz, eslab qolmasligingiz mumkin, lekin uni o’qiganingiz sari ichingizu tashingiz o’zgarib poklanadi. Bu Allohning qudratidir. Ibrat izlaganga ibratdir dunyo!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 2