Xafa bo'lmang, bu dunyo xafa bo'lishga arzimaydi!
Har doim kulib yuring, chunki... Kulish sizga yarashadi! Nimagadir muhtojmisiz? Uni yon atrofdagi odamlardan emas buyuk. Allohdan so'rang. Nega deysizmi? Chunki... Hech kim eshitmasa ham Alloh eshitadida... O'ksinmang, Siqilmang! Dunyodagi hech narsa siqilishga ham, o'ksishga ham arzimaydi! Tabassum qiling! Tabassumingizdan o'zgalarni dili yayrasin. Sabr qiling... Sabr og'riqlarni to'xtatuvchi, achchiq malhamga o'xshaydi. Ham AZOB beradi, ham DAVOlaydi! Xafa bo'lmang... Ko'nglingiz og'rimasin... Do'stlik, Sevgi rishtalarini uzmang... Chunki... Insonlarni orasidagi rishtalar arqonga o'xshaydi, agar uzilsa... Tugun qilmay ulashning iloji yo'q. Singan ko'za ming harakat bilan ham avvalgi holiga kelmaydi. Bir minutda 70 marta uradigan yurak... Bir og'iz so'z bilan parchalangan bo'lsa ham... Uning umid bilan urishining o'zi bir quvonchku... Urayapti... Avvalgidek bo'lmasa ham yuraklarimiz urayapti... Shuning uchun ham xafa bo'lmang! Tabassum qiling!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 7