G'o'r shoirman bolaligim bor
Til topishni o'rgating menga.
Sizga bitta iltimosim bor
Pul topishni o'rgating menga.
Pul ocharkan omad eshigin
Pul yoparkan nuqson teshigin.
Pul tebratar hayot beshigin
Pul topishni o'rgating menga.
Shunday ekan zamonning zayli
Inson qadri puli tufayli.
Hamma mendan yuz bursin mayli.
Pul topishni o'rgating menga.
Adashmayin yurgan yo'limdan
Farq qilmasin o'ngim so'limdan.
Shu ish kelsin mening qo'limdan
Pul topishni o'rgating menga.
Kunim maxzun tunlarim bedor
Erib ketsin ko'ngildagi qor.
Muhabbatga tupurganim bor
Pul topishni o'rgating menga.
Maqsad bo'lsa manzil bir qadam
Pul deb yonib-kuyar har odam.
Tajribam yo'q sal uquvim kam
Pul topishni o'rgating menga.
Pul boylikka bo'ldimmi asir,
Qursam deyman shoxona qasr.
Bir sher yozdim USTOZ bexazil,
Pul topishni o'rgating menga
Kammi shoir kammi ZEMLEMER
Mayliga kim nima desa der
(Pul topishni bilsin ALISHER)
Pul topishni o'rgating menga
Ali.$her.Bek (10.07.2016)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев