Предыдущая публикация
Go'zal qizga talashmang.
Aldanmang sho'x so'ziga,
YOR TANLASHDA ADASHMANG.
Osmondagi oy demang,
Faqat chiroyi demang.
Keyin pushaymon yemang,
YOR TANLASHDA ADASHMANG.
Ko'ngliga solmasdan qo'l,
Demang mening Laylim bo'l.
Majnunning topgani cho'l,
YOR TANLASHDA ADASHMANG.
Dunyoda go'zal kammas,
Go'zallik boqiy qolmas.
Chiroyi baxt berolmas,
YOR TANLASHDA ADASHMANG.
Ko'ngilning tili bo'lmas,
Sevgining xili bo'lmas.
Qizning hunigi bo'lmas,
YOR TANLASHDA ADASHMANG.
2010.28.01
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев