Ey, odamlar! Bu kufr! Bu ish bilan siz Muhammad ﷺ olib kelgan risolatga kufr keltiryapsiz!
•
Ulamolarning fikriga ko'ra munajjimlar bashoratini o'quvchi odam, o'z burjini bila turib, u yerdan uni topib o'qisa, u folbinga murojaat qilganday bo'ladi. U kishining qirq kun mobaynidagi ibodati qabul bo'lmaydi. Agar u o'qib so'ng ishonsa, demak u Muhammadga ﷺ nozil bo'lgan narsaga kufr keltiribdi.
•
Bu ish shirkning boshlanishi! Taqdirni faqatgina Alloh biladi, taqdir ilmi faqatgina Parvardigorga tegishli, va u ilmdan Undan boshqa xech kim xabardor emas. Munajjimlar bashoratini o'qish, bu narsaga ishonish, bunday buzuq aqiydada bo'lish natijasi shirkka borib yetadi. Shirk kechirilmaydigan gunohlardan. Qiyomat kuni Alloh Unga shirk keltirganlarni aslo kechirmaydi.
•
"Kim Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qiladir va uning turar joyi do‘zax bo‘ladir. Va zolimlarga nusrat beruvchilar yo‘qdir."
[Moida, 72]
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев