Bu dunyoning kamidan qochib,
Darddan zada yurakni quchib,
Bamisoli burgutdek uchib,
Meni tashlab ketmang onajon.
Ayting, sizni ranjitdimmi yo,
Jonsizdekman, yoʻqdekman goʻyo.
Sizsiz boshga qulaydi dunyo,
Meni tashlab ketmang onajon.
"Seni yaxshi koʻraman-ku" deng,
Har soʻzingiz bir duoga teng.
Axir dunyo faqat siz-la keng,
Meni tashlab ketmang, onajon.
Ona...
Ona oching koʻzlaringizni,
Sogʻinyapman soʻzlaringizni.
Qoʻyvorgim yoʻq qoʻllaringizni,
Meni tashlab ketmang onajon.
Meni kimga ishonyapsiz-a,
Koʻzlarimni yoshlayapsiz- a
Ketyotganga oʻxshayapsiz-a,
Meni tashlab ketmang onajon
Shum xayollar qilmoqda bezor,
Yuring birga boramiz bozor,
Mehringizga qilmang intizor,
Meni tashlab ketmang onajon.
Kunlarimni toʻldirib gʻamga,
Meni koʻmib ketmang alamga.
Bir bor quloq tuting nolamga,
Men tashlab ketmang onajon.
Siz mehrda ummonga tengsiz,
Sahiy xamda yuragi kengsiz.
Ne qilaman ayting men sizsiz,
Meni tashlab ketmang onajon.
Sizsiz axir egilar boshim,
Qon, zardobga aylanar yoshim.
Chidolmayman, yetmas bardoshim,
Meni tashlab ketmang onajon.
Ming balodan asrardingizku,
Siz koʻnglimga qarardingizku,
Oʻlmayman deb aytardingiz-ku,
Meni tashlab ketmang onajon.
Koʻzim yoshlab ketmang onajon.
Муаллиф : Мавлуда Бону Имомназарова ✍️
@Movludabonu_Imomnazarova https://t.me/Umr_Uzoq
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев