Senga yig'lab duolar etdim.
Esga tushib asri saodat,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Jannatdagi Jamoling o'ylab,
Bosh sajdada yuragim tig'lab.
Joynomozning ustida yig'lab,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Garddanimda gunohim bisyor,
Lek qalbimda muhabbatim bor.
Ko'z yoshimda sog'inch isi bor,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Qalbim uchun izlablar malham,
Sen tomonga tashladim qadam.
Qalbimdasan emassa yiroq
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Foniyga hech qilmasman havas,
Meni sodiq qulim desang bas.
Abu Bakr yo Umarnimas,
Robbim seni sog'inib ketdim!
Ishqim sanga sangadur yo'lim,
Duodadur hamisha qo'lim.
Shuning uchun lazzatli o'lim,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Sinovingdan qani o'tolsam,
Jannatlarda seni ko'rolsam.
Qani seni ko'rib yig'lolsam,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Bandasini sevganni ko'rib,
Ahvoli ne bo'lganin bilib.
Bu dunyoni tomom unutib,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Raxmatingdan hamon umidvor,
Senga ketmoqlikni istadim takror.
Garchi ko'rmaganman yigirma bahor
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Mangu qolmas balki izlarim,
Seni ko'rsa bo'ldi ko'zlarim.
Yig'lab qolsa mayli do'stlarim,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Qabristonga boqib ma'noli,
Endi bildim hayot asli ne.
Sen Robbimsan meni qulim de,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Jonga tegdi inson jafosi,
Kerak emas menga dunyosi.
Sodiq quling qalbi duosi,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев