Предыдущая публикация
Qo'llaring taftini qo'lim unutgan,
Ko'zlarim qa'ridan siyrating ketgan
Baribir lablarim isming pichirlar...
O'ylamayman o'ylarimdan o'chib ketgansan,
Kuylamayman kuylarimdan uchib ketgansan,
Kutmagayman xayolimdan qochib ketgansan,
Baribir lablarim isming pichirlar...
Bugungi kun kechagidan baxtli bo'lsa ham
Hayotim quvonchlarga chunon to'lsa ham
Yuragim urishdan to'xtab qolsa ham
Baribir lablarim isming pichirlar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 2