Mani kutgan kozingni asra,
Sani topgum, yoningga borgum,
Man uchun ham ozingni asra.
Asra, dilda muxabbatingni,
Asra manga kongil xatingni,
Manga atab hamma gapingni,
Man uchun ham ozingni asra.
Koksingdan otilsa ming faryod,
Sani kop yiglatsa bu hayot,
Sabr qil, topmasang bir najot,
Man uchun ham ozingni asra.
Sinab bir bor vadalar kuchin,
Dildan olmay xatolar ochin,
Ortada sof sevgimiz uchun,
Man uchun ham ozingni asra.
Uzun yillar kitobin yopgum,
Bir kun yiglab izlaring opgum,
Bir kun sani baribir topgum,
Man uchun ham ozingni asra.
Yurakka in qurmayin qaygu,
Hayotingga solmagin ogu,
Sandan bitta iltimosim shu,
Man uchun ham ozingni asra.
Toldir jonim, qalbingni nurdan,
Gozal bolsin tunlaring kundan,
Sevsang agar Shodiyona ni chindan,
Man uchun ham o`zingni asra.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 24