sevmayman, meni öz holimga
qöy, -dedi yigit yig'layotgan qizga.
Qiz yigitni
toshbag'irlikda aybladi, undan
nafratlanishini aytdi. Qiz burilib
tez-tez yurib ketarkan yigit uning
ortidan mahzun termulib qoldi.
Yigit u b-n boshqa
körishmasligini
bilardi. U og'ir xörsinib qöydida
mashinasiga ötirib tög'ri
onkologiya markaziga bordi. 2-
qavatda joylashgan vrach
xonasiga kirdida stolida öychan
ötirgan doktorga qarab shunday
dedi: "Men tayyorman". Doktor
örnidan turib yigitning yoniga
keldi.
Qölini uning yelkasiga qöydi:
"Bardam böl uka, hammasi yaxshi
böladi, inshoolloh".. Yigitni
jonidan ortiq sevadigan qiz
yigitning sönggi vaqtda nega
bunaqa bölib qolganligi sababini
bilmasdi. Yigit kasalligini bilgach
ancha vaqt
operatsiyaga rozi bölmadi. Oz
vaqt bölsada qiz bilan birga
yashash yoki
tavakkal qilish kerak edi. U 2-yölni
tanladi. Biroq u qizning közlarida
g'am va achinishni körishni
istamasdi. Shu sabab qiz b-n
munosabatlarni uzishga qaror
qildi. Shunday böldi ham... Qizda
hayotga qiziqish qolmagandi.
Uning ota-onasi qizning
ixtiyoriga köra bir doktor
yigitdan kelgan sovchilarga rozilik
berishdi. Yigit bölsa qizni
uzoqlardan köp kuzatardi, qiz
buni sezmasdi hatto. Yigit bir kun
kelib ölishi
mumkinligidan chöchimasdi, u
faqat qizning gözal chehrasini
boshqa körolmasligi
mumkinligidan siqilardi.
Kunlar tez ötaverdi. Qiz töy kuni
yaqinlashgach, taklifnoma yozib
yigitga yubordi. Öz xusnihati b-n
yigitning ismini yozdi. "Mana,
sizsiz yashayapman...baxtliman...".
Shu ma'no mujassam edi bu
harakatida. Yigit
taklifnomani körib jilmaydi. "Ha,
sen albatta baxtli bölishing
kerak". Shu ma'no bor edi bu
jilmayishda. Anchadan beri u bu
qadar özini
yengil his qilmagandi. Qiz özga
yigit bilan chimildiqqa qadam
qöyganida, yigit ertangi
operatsiyadan tirik chiqmasligi
mumkinligi haqida öylardi. U shu
kuni qizga chin dildan baxt tiladi...
Ertasiga yigit qölida ösha
taklifnomani mahkam siqib
operatsiya xonasiga kirib ketdi...
Qiz kechqurun erini ishdan kutib
olarkan, uning kayfiyati yöqligini
sezdi. Eri unga bugun bir yosh
yigit kasalxonada og'ir
operatsiyaning sönggi
daqiqalarida jon berganligini, uni
saqlab qolisholmaganligini
aytdi.
-Uning qölida bizni töyimizga
taklifnoma bor ekan,- dedi u. Qiz
holsiz eridan
taklifnomani oldiyu yig'lab
yubordi. U özining xusnihatini
tanigandi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 33